5 pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari



Yüklə 96,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#127069
  1   2   3
Kamalova N




PEDAGOGIK QOBILIYATNI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI 
 
Kamalova N.A. 
Toshkent pedagogika kolleji yetakchi o`qituvchisi. 
Vadenova Sh.S. 
Toshkent pedagogika kolleji yetakchi o`qituvchisi 
 
Annotasiya

Ushbu maqolada 
pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari,
 
o`qituvchining kommunikativ 
malakasi va kommunikativ ta’sir etish usullari,
 
k
оmmunikаtiv qоbiliyat,
 
o`qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish 
yo’llari 
haqida berilgan.
 
Kalit so`zlar: 
Pedagog, 
o’qituvchi, ta’lim va tarbiya jarayoni ,pedagogik 
qobiliyat,
 
kоmmunikаtiv. 
Pedagogik
–psixologiyada o„qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo„q. 
Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojla
nishiga qarab ko„payib va 
o„zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o„zgarmas irsiyat” 
nasldan 
– naslga o„tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib 
borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi 
asosiy sifatlari ajratib ko„rsatilgan: 
1. 
O„z kasbiga muhabbat, o„quvchilarni seva olishi. 
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 
3. 
Pedagogik taktga (odob va go„zallikka) ega bo„lish. 
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish. 
5. 
O„z mehnatiga ijodiy yondashish. 
6. Javobgarlikni his etish. 
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. 
O„qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o„ziga xos tizimlari mavjud. 
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: 

asosiy xususiyatlar; 

tayanch xususiyatlar; 

yetakchi xususiyatlar; 

yordamchi xususiyatlar. 
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik 
– ko„ra bilish 
ko„nikmasidir. Bu – individual narsaning o„ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun 
boshlang„ich materialni ko„ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, 



tabiatshunos olimning kuzatuvchan
ligidan farq qilishi o„z-o„zidan ravshan. Ularning 
kuzatuvchanligi turli
cha yo„nalishda bo„lganligi sababli, har biri o„z tafakkuri va 
dunyoqarashiga ega. 
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat 
rassomga, matematika o„qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo„lmasdan, balki 
aynan barcha fan o„qituvchilariga ham tegishli. 
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. 
Pedagogik qobiliyat sog„lom o„qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o„rtacha 
va past darajada bo„lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda 
mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba‟zilari yordamchi rol o„ynaydi. 
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar 
quyidagilardan iborat: 

aql
–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e‟tibor, 
sobitqadamlik; 

o„qituvchining nutqi: notiqlik san‟ati, so„z boyligining teranligi; 

aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish
ruhiy hissiyotni jilovlay olish. 

pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo„lish. 

Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə