5-mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif modeli reja


 AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat



Yüklə 369,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix29.11.2023
ölçüsü369,94 Kb.
#142092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5.4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat 
 
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning 
muvozanatli hajmi va 
baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning 
muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda yalpi 
talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo„lishi kerak. Modelda 
makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko„rib 
chiqamiz (5.3-rasm). Dastlab muvozanat e nuqtasida o„rnatilgan. Baholarning 
muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos 
ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli 
darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini 
ko„rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb 
hisoblaymiz.
5.3-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat 
Baholar darajasi P1 bo„lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab 
chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi. 



Iste‟molchilar baholar darajasi P1 bo„lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib 
olishga tayyor turadi. AD>AS bo„lganligi tufayli iste‟molchilar o„rtasidagi raqobat 
baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko„tarilishi 
ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste‟molchilar talabini Y2 
dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada 
kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat 
nuqtasidir. 
5.4-rasmda yalpi talab egri chizig„i yalpi taklif egri chizig„ini bilan keyns 
kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy 
muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o„zgaradi. Buni tushunish 
uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli 
baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz. 

Yüklə 369,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə