5-Mavzu. Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg’or xorijiy tajribalar Asosiy savollar



Yüklə 27 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü27 Kb.
#141688
  1   2
5-Mavzu. Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg’or xorijiy tajribalar


5-Mavzu. Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg’or xorijiy tajribalar
Asosiy savollar:

  1. Jahon tarbiya konsepsiyalari.

  2. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi, maqsadli, uzluksiz ma’naviy tarbiyaning tutgan o’rni.

  3. Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi.

  4. Xitoyda Konfutsiylik axloqining besh asosiy ustuni

Tayanch ibora va tushunchalar: tarbiya, shaxs, bag’rikenglik, o’yin, erkinlik, mas’uliyat, donolik, insonparvarlik, sadoqat, kattalarni hurmat qilish, jasorat.


Jahon tarbiya konsepsiyalari.
Barchamizga ma’lumki, tarbiya insonning butun hayoti davomida yuz beradigan ijtimoiy jarayondir.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, shaxs taraqqiyotining har bir davri psixik rivojlanishning o’ziga xos sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan jarayondir. Ko’pchilik psixik xususiyatlar birgalikda shaxsning rivojlanishidagi vaziyatlar majmuasi bilan bog’liq bo’lib, ular jumlasiga shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy shart-sharoitlari, tarbiyasi va faoliyati xususiyatlari, jinsiy, tipologik va individual xususiyatlarni kiritish mumkin. Insonning, jumladan o’smirning ijtimoiy mavqei (uning ta’lim muassasasidagi, mahalladagi, oiladagi o’rni) muloqot shakllari va faoliyat turlari bilan belgilanishi olimlar tomonidan o’z tasdig’ini topgan. Olimlarning kuzatishlari natijasida har bir davlatning bola tarbiyasida, uning shaxs sifatida shakllanishida o’zlarining qarashlari, qat’iy rioya etadigan odatlari mavjud.
Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarash, ularning ham o’z
huquqlari va majburiyatlari borligini tan olish insonlar ongiga singib ketgan odatlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, shvedlardagi bag’rikenglik, o’zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo’lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo’lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8-sinfdan boshlab o’quvchilarga “Bolalar haqida” degan fan o’tilar va bu darslar orqali o’quvchilar oila qurish, homiladorlik, bola tarbiyasi va balog’at yoshida o’smirlar bilishi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilarga maktab davridanoq ega bo’lishadi. “Save the children” deb ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar va bolalar yaxshi yashashlarining ro’yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni tuzib chiqadi. Unda Shvetsiya deyarli har yili birinchi o’rinni egallashi ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinmoqda. Chaqaloq dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo’llab quvvatlanishi esa alohida tahsinga sazovordir.
Finlyandiya dunyoning eng bolajon mamlakati, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog’cha va maktablarga borishadi. Bu yerda nogiron va sog’lom bolaga ajratish qabul qilinmagan, bu bilan ushbu mamlakatda gender tengligi, shaxsni qadrlash tushunchalari bolanimng yoshligidanoq shakllantirilishini ko’rishimiz mumkin.
Fransiyada o’yin bolani rivojlantiruvchi asosiy vosita deb hisoblashadi. Ota-onalar ham bunga katta e’tibor berishadi. Fransiyada bolalarni chaqaloqlik davridanoq bolalar bog’chasiga berish odatiy holdir. Birinchidan, bu fransuz ayollariga ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchidan, ular go’dakligidanoq jamoaga moslashadi va mustaqil bo’lib o’sadilar. Fransiyada bolalar 6 yoshidanoq o’zi mustaqil maktabga boradi, do’kondan narsa xarid qiladi, uyda yolg’iz qoladi. Shunga qaramay, fransuzlar 30-35 yoshgacha ota-ona uyida yashashlari va o’z oilasiga ega bo’lishga shoshilmasliklari mumkin. Onalar o’z farzandlariga ovozlarini ko’tarib urishishsa-da, hech qachon qo’l ko’tarmaydi(urmaydi)lar. Ushbu mamlakatda jamiyat qator qonunlar orqali bola huquqlarini himoya qiladi. Ota-onalar va vasiy shaxslar birinchi galda bolalarning rivoji hamda sog’ligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Amerika Qo’shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o’z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o’yinchoqlarning barchaa turilari bilan tanishishadi, ko’pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o’ynalgan o’yinchoqlar bilan to’lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go’dakligidanoq amerikalik bolakaylar atrofidagilarning “Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan”, degan so’zlarini har kuni eshitgan holda o’sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmaydilar, balki: “Yana bir marotaba harakat qilib ko’r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo’rsan!” deya qo’llab-quvvatlaydilar. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o’zining mevasini beradi.
Germaniyada bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga 3 yoshdan boshlab katta e’tibor beriladi. Onalar o’z farzandlarini boshlang’ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo’lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Bundan ko’zlangan maqsad jamoa bo’lib o’ynash, o’zaro muloqotga o’rgatishdir. Faqatgina shu kabi guruhlarga borganidan so’nggina uni bolalar bog’chasiga berishadi. Chunki ushbu holatda farzandning bog’chaga ko’nikishi oson kechadi va bolalar bu yerda o’zlarini erkin his qiladilar. Bog’chada bolaga o’z huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini o’rgatishadi.
Angliyada bolalarni bosqichma-bosqich tarbiyalashadi. Chunki bu yerda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy holga aylangan. Ko’pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e’tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab bolaga dasturxon atrofida o’zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo’lishni, o’z hissiyotlarini yashirishni o’rgatishadi. Angliya shaharlarining ko’chalarida farzandini erkalayotgan ota-onalarni kamdan-kam uchratish mumkin.
Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi.
Yaponiyada ota-onalar farzandlarining tarbiyasiga o’ta jiddiy qarashadi. Bu yerda har bir yoshga nisbatan ma’lum bir munosabatda bo’linadi va ayrim tarbiya usullari qo’llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko’ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkinbo’ladi. Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo’lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o’ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog’chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to’ygunlaricha chizishlari uchun imkon beruvchi maxsus xonalar mavjud. Ota-onalar o’z farzandlarini o’yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi.
Yaponlar uchun “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo’lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan. Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat-e’tiborida bo’lgan.
Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi vazifasini o’taydi.
Maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Muhimi, boladan umumiy ishda o’z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas’uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya ko’rgan har bir fuqaro jamoa muammolarini o’zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi.
Yaponiyadagi ichki voqeliklarda dolzarbligi va samaradorligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Axir u Yaponiyada bir asr mobaynida rivojlanib, madaniyati bilan uzviy bog’liqdir. Bu siz uchun faqatgina samarali va dolzarb bo’ladimi? “Ideal yaponning fazilatlari” deb nomlangan hujjatda yapon yoshlarida 16 fazilat 4 ta guruhga bo’lib tarbiyalanadi. Bular: 1) shaxsiy sifatlar: erkinlik, o’ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo’lish, o’z hohishlarini idora qila olish, pietet tuyg’usiga egalik; 2) oila boshlig’iga xos sifatlar: o’z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish; 3) ijtimoiy sifatlar: o’z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo’shish, ijodkorlik, milliy (ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish; 4) fuqarolik sifatlari: Vatanga sodiq bo’lish, davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo’lishni o’rgatadi.

Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə