5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Bilish jarayonlarining patologiyasi, sezgi va idrokning buzilishi va psixokorreksiya



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə15/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
5-мавзу

Bilish jarayonlarining patologiyasi, sezgi va idrokning buzilishi va psixokorreksiya.
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, sezgilar goho o‘zaro bog‘lanib boshqa sezgi turlarini yuzaga keltirish mumkin: masalan, paypaslab ko‘rish natijasida sezish tarkibida taktil teri tuyush sezgilar bilan bir qatorda sezgilarning tamomlab boshqa turi, ya’ni harorat sezgisi ham kiradi.
Huddi shunga o‘xshash voqelik, hodisa taktil va eshitish sezgilariga nisbatan oraliq o‘rinni vibrasion sezgi egallashi mumkin.
Muvozanat sezgisi murakkab vestibulyar apparati, vestibulyar nervlarini hamda ko‘z po‘stosti qismlarini o‘zida birlashtiradi. Turli analizatorlar uchun umumiy hisoblangan oqriq sezgilari qo‘zg‘atuvchilarning ta’sir kuchi haddan tashqari kuchli ekanligidan dalolat beradi. shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, insonning tana a’zolarida reseptorlarning joylashuv darajasi har xildir, jumladan barmoq uchlarida reseptorlar zich, yelka qismida esa juda siyrak joylashgandir. Hozirgi zamonda sezgilar ichki va tashqi turlarga qariyb ajratilmaydi va ular sharorat, og‘riq, maza, vibrasion, statistik, dinamik sezgilar deb yuritiladi.
S. V. Kravkov (1893-1951) ma’lumotlariga ko‘ra, bir sezgi a’zosining faoliyati ikkinchisining ta’siri tufayli o‘zgaradi, tovush asosan ko‘rish sezgisining yoruqlik sezuvchanligini orttiradi. Shunga o‘xshash turli hidlar ham yorug‘lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o‘zaro ta’sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko‘rish bo‘rtiqlariga tegishli o‘simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o‘tishi osonroq amalga oshadi.
Bundan tashqari, sezgilarning o‘zaro qo‘zg‘alishi va tormozlanishini o‘rganish ham alohida ahamiyatga egadir, chunki ayrim hollarda avtomatik boshqarilish tufayli tungi uchishda sun’iy sezgirlikni pasayish yoki ortish zaruriyati tug‘iladi. I. P. Pavlov tomonidan analizatorning murakkab o‘zaro ta’sir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po‘stida namoyon bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ko‘rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o‘z ifodasini topadi. Bu bosh miya po‘stida kechadigan fiziologik jarayonlarni bosib o‘tishi zarur bo‘lgan zonalar perikritik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning klassifikasiyasi ularning turli spesifik tavsiflariga, ya’ni modalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham oshiriladi.
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha " pxainomenon "-noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’no anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyusinasiya (lotincha xallucinftio " alashlash, bosinqirash, valdirlash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha "illusio" -xato, adashish, yanglashish degan ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction "-o‘ziga tortish, mashliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha "yasnovideniye"-yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol qoyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib, ba’zan qo‘rqich hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobiqidagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, gosho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, shaddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Bizningcha, gallyusinasiya hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo‘q narsalarningko‘zga ko‘rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; v) yo‘q sharpalar, shidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba’zan psixologik fanida noto‘g‘ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo‘zg‘atuvchilar konfigurasiyasining (lotincha "contiguratio" tashqi tuzilishida o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o‘zi ham illyuziya deb ataladi. "Adekvat" tushunchasi lotincha "adae gguatus", ya’ni teppa-teng, mutlaqo mos, ayni to‘g‘ri demakdir. Hozirgi davrda ko‘rish idrokini kuzatishning eng samaralisi-bu tasvirlarning ikki o‘lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shaklar o‘rtasida o‘lchov munosabatining buzilishida namoyon bo‘ladi. Tasvirlar yoruq fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast fransuzcha "Kontraste" -keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so‘z bilan aytganda yoruqlik bilan fon o‘rtasidagi munosabat ifodasidir. "Fon" tushunchasi fransuzcha "fond" deb atalib, asos, negiz, tag ma’nosini bildiradi.
Attraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda namoyon bo‘lib,) o‘ziga mashliyo qilish, qalbni "jiz" ettirishdan iborat, ongsizlikka taaluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko‘rinish, istarasining issiqligi; 2) subektga nisbatan rishtasiz bolezniqlanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o‘xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko‘rinish (yasnovideniye) deb atalib, voqealik, holat, shordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol qoyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə