5-Mavzu: Mintaqalarning mehnat resurslari Reja



Yüklə 40,46 Kb.
səhifə6/9
tarix15.05.2023
ölçüsü40,46 Kb.
#110322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu (2)

RDIi = NIi : NI * 100, bunda:
RDIi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar salmog’i;
NIi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar soni;
NI - mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, hammasi;
b) olingan salmoq ko’rsatkichi bo’yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug’ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
EIsi = WAP * RDIi : 100, bunda:
EIsi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida iqtisodiy faoliyatning tegishli turi bilan shug’ullanuvchilar soni;
WAP - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlarning umumiy sonini aniqlash uchun iqtisodiy faoliyatning har bir turi bo’yicha iqtisodiyotning
norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni to’g’risidagi ma’lumotlar jamlanadi:
EIs = Σ1i EIsi,1, bunda:
EIs - iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar soni, hammasi.
Mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to’g’risida» 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Sxema bo’yicha, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to’g’risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari;
b) aholi hisobini yuritish bo’yicha ichki ishlar organlari ma’lumotlari;
v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari;
g) chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
d) uy xo’jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha o’rganishlar.
Iqtisodiy faol aholi soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Yüklə 40,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə