5-mavzu: ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsadi va vazifalarini shakllantirish Reja


Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi – tadqiqot, mulohaza) -



Yüklə 45,11 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü45,11 Kb.
#182761
1   2   3   4   5   6
Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi – tadqiqot, mulohaza) - muayyan ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy muhokamaga va himoyaga qo’yiladigan asar.
Magistrlik dissertatsiyasi – magistrni tayyorlash bo’yicha asosiy kasbiy ta’lim dasturiga o’qitishning yakunlovchi bosqichida talaba-magistrant tomonidan ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yo’nalishdagi yakuniy malaka ishi.


5.2.Ilmiy yo’nalish. Ilmiy muammo, ilmiy mavzu

Ilmiy yo’nalish deb, fanning muayyan tarmog’ida jamoaviy tarzda bajariladigan yirik fundamental, nazariy va amaliy masalalarni hal etishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot sohasiga aytiladi. Ilmiy yo’nalish kompleks muammolar, mavzular va masalalar kabi tizilmaviy birliklarga ega.


Ilmiy yo’nalish deganda tadqiqot o’tkazish sohasidagi fan, fanlar yoki ilmiy muammolar majmui tushuniladi.
Ilmiy muammo bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan murakkab nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, tarmoqlararo, global bo’lishi mumkin.
Ilmiy bilish muammoni xal qilish bilan bog’liqdir. Muammolarning bo’lmasligi tadqiqotlarning to’xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo’lar edi.
Muammo deb, tadqiqot etishni talab etadigan murakkab ilmiy masalaga aytiladi. Muammo eski bilimlar bilan emperik va nazariy tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo’lganda vujudga keladi, ya’ni u muammoviy vaziyatning natijasidir
Kompleks muammolar deb, bir ilmiy yo’nalishdagi bir qancha yirik masalalarni o’z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi.
Ilmiy mavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda qo’yilgan masalani xal etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi konstruksiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg’or texnologiyani ishlab chiqish va hakozo.
Ilmiy muammo va mavzuni tanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda o’z yechimini topadi.
Muammoviy vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta’riflanadi va kutilayotgan natija belgilanadi.
Muammmoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati aniqlanadi.
Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog’lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. Shundan so’ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi.
Ilmiy mavzuga quyidagi talablar qo’yiladi:
Mavzu dolzarb bo’lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim. Ma’lumki, tadqiqotlar fundamental va amaliy xarakterda bo’lishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki ularning natijasi kelgusida bo’lishi mumkin. Shuning uchun fundamental mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab beradi. Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog’ini rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko’ra belgilanadi.
Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo’lib, unda albatta ilmiy yangilik bo’lishi kerak.
Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo’nalishga mos tushushi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to’liq ravishda foydalanish imkoniyati tug’iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi.
Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o’rganish, ya’ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo’llanilmoqda. Bu usul bo’yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko’p ball to’plagan mavzu maqbul deb topiladi.

Yüklə 45,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə