4soat O‘zbekistonda rayonlashtirilgan qovoq navlari tasnifi



Yüklə 30,25 Kb.
səhifə4/4
tarix09.02.2023
ölçüsü30,25 Kb.
#100552
1   2   3   4
17-amaliySabPol (1)

barg plastinkasining shakli: yumaloq, buyraksimon, yuraksimon, uch- burchak, beshburchak bo‘ladi;


  • barg plastinkasining o‘lchami: katta (barg bandi bilan hisoblaganda 20 sm dan katta bo‘lsa), o‘rta (12-20 sm), kichik (12 sm dan kichik bo‘lganda) bo‘ladi;

  • barg bandi: uzun (25 sm dan ortiq), o‘rta (12-20 sm muskat qovoqlarda) va 18- 25 sm (boshqa qovoq navlarida) bo‘ladi;

  • mevasining shakli: yapaloq, yumaloq, ellipssimon, tuxumsimon, salla-simon, ovalsimon, noksimon, tsilindrsimon, bo‘yindagi eng tor joyi uzun yoki qisqa bo‘ladi;

  • mevasining kattaligi (eng kalta diametri bo‘yicha): yumaloq shakllarda – yirik (35 sm dan ortiq), o‘rta (20-35 sm), mayda (20 sm dan kichik, qattiq po‘stli qovoqlarda 25 sm dan kichik); cho‘zinchoq shakllarda – yirik (40 sm, muskat qovoqlarda 50 sm dan ortiq), o‘rta (30-40 sm) va mayda (30 sm gacha muskat qovoqlarda 40 sm gacha) bo‘ladi;

  • mevasining yuzasi: silliq, segmentlarga bo‘lingan (chuqur, yuza, o‘rtacha, segmenti 10-15 ta), juft segmentlangan (segmentlar soni 16-20 ta), bo‘rtgan, so‘galli, g‘adir-budir, burishgan (kuchli, o‘rtacha, kuchsiz), qovurg‘ali bo‘ladi;

  • meva po‘stining rangi: qaymoqrang, kulrang, malla rang, jigarrang, pushti, qizil bo‘ladi;

  • rasmining rangi: limon va apelsin ranglarida, jigarrang, qizil, sariq bo‘ladi;

  • po‘stining qalinligi: qalin, o‘rta, yupqa bo‘ladi;

  • urug‘xonasining o‘lchami: kichik (meva diametrining yarmiga teng bo‘lsa, muskat qovoqlarda 2/5 qismini tashkil qilib, urug‘ bo‘laklari urug‘xonasini to‘ldirgan bo‘ladi), katta (katta mevali qovoqlarda meva diametrining 1/2 qismini, muskat qovoqlarda 3/4 qismini), juda katta (meva diametrining 3/4 qismidan katta), o‘rta (2/5 qismini) tashkil qiladi. Bundan tashqari, uzun mevali qovoqlarda urug‘ bo‘shlig‘i qovoqning bir tomonida (yonida yoki pastda) joylashadi. Umuman, urug‘ bo‘shlig‘i bo‘lmagan qovoq navlari ham uchraydi, bundaylarda urug‘ bo‘shlig‘i o‘rnida kichik qovoq bo‘ladi;
  • etining rangi: qaymoqrang, tuxum sarig‘i rangiga o‘xshash, qizg‘ish sariq, apelsin rangli va qizil bo‘ladi;


  • etining zichligi: zich, o‘rta zich va mo‘rt bo‘ladi;
  • etining konsistentsiyasi: kartoshkasimon, unsimon, qarsillaydigan, juda zich


    va mo‘rt bo‘ladi;

    • etining shirinligi: shirin, kam shirin va bemaza bo‘ladi;

    • urug‘ bo‘laklarining joylashganligi: butun urug‘xonasini zich to‘ldirgan, bo‘sh to‘ldirgan, eti devorlarida joylashgan bo‘ladi;

    • o‘suv davri: ertapishar (100 kun), o‘rtapishar (100-120 kun), kechpishar (120 kundan ortiq) bo‘ladi;

    • saqlanuvchanligi: uzoq (3 oydan ortiq), o‘rtacha (1-3 oy), qisqa vaqt (1 oydan kam) muddatlarda saqlanadi.

    Ishni bajarish tartibi. Qovoq navlarining morfo-logik va nav xususiyatlari bilan tabiiy o‘simliklar, gerbariylar, qovoq mevalarini bevosita ko‘rib, o‘lchab o‘qivchilar quyidagi 1-jadvalni to‘ldirish jarayonida yana ham to‘liqroq tanishadilar.

    1-jadval. Qovoq navlarini ta’rifi




    NAV BELGILARI

    NAVLAR













    1.

    Nav tarixi:













    Kelib chiqish joyi













    Rayonlashtirilgan yili













    Rayonlashtirilgan joyi













    2.

    Tupi:













    Palagining uzunligi













    Bargining o‘lchami













    Bargining tuzilishi













    3.

    Mevasi:













    Kattaligi













    Shakli













    Yuzasi













    Po‘stining rangi













    Rasmining rangi













    Po‘stining qalinligi













    Urug‘xonasining o‘lchami













    4.

    Eti:













    Rangi













    Zichligi













    Konsistentsiyasi













    Shirinligi













    5.

    Urug‘i:













    Shakli













    O‘lchami













    Rangi













    Yuzasi













    6.

    Xo‘jalik belgilari:













    O‘suv davri













    Saqlanuvchanligi













    Kasallikka chidamliligi













    Tashishga chidamliligi













    Material va jihozlar. . Qovoq turlarini aniqlovchi jadval – 2 ta. 2. Qovoqni har xil turlari mevasining rasmi – 2 ta. 3. Yangi uzilgan va gerbariy qilingan o‘simliklar va rayonlashtirilgan 5-6 ta navning mevasi. 4. Rayonlashtirilgan qovoq navlari katalogi – 7-8 ta. 5. Pichoq, lagan, chizg‘ich va shtangentsirkul – 10 ta.
    Yüklə 30,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə