4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`qitish yo`llari



Yüklə 258,64 Kb.
səhifə6/26
tarix01.06.2023
ölçüsü258,64 Kb.
#115001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
4 sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`q

Tez o'qish. Tez o'qish me'yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish sur'ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O'qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o'sib borishi lozim. O'qilayotgan asar mazmunini o'zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta'minlaydigan o'qish tez o'qish deyiladi.
O'qish sifatlarini yaxshi o'zlashtirgan holda o'quvchilarning o'qish sur'ati bir- biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og'zaki nutq tempiga to'g'ri keladigan o'qish sur'ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o'ta tez ham, o'ta sekin o'qish ham matn mazmunini o'zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O'qish tezligi bir daqiqada o'qiladigan so'zlar soni bilan belgilanadi. 2005- yilda e'lon qilingan o'qish dasturida 1-sinfning II yarim yilligida o'qish sur'ati 20-25 so'z (notanish matnni o'qish tezligi ham 20-25 so'z); o'quv yili oxirida 25—30 so'z; 2-sinfning I yarim yilligida matnni o'qish tezligi 30—35 so'z; II yarim yilligida 40—50 so'z; 3-sinfning I yarim yilligida 60—70 so'z; II yarim yilligida 70—80 so'z; 4-sinfning I yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so'z, ovozli o'qishda 90—100 so'z deb belgilangan.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so'zli matnni o'qisa, undagi 200 ta so'zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo'g'inlab o'qisa, uning
diqqat markazida so'z emas, bo'g'in bo'ladi. Natijada u so'zlarni eslab qola olmaydi. Bu 4-sinf o'quvchilarining o'qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so'zdan 100 so'zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko'rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 170—180 ta so'z o'qiydigan o'quvchilar ham bor.
O'qish tezligi to'rt yil davomida to'g'ri va ongli o'qish bilan bog'liq holda asta ortib boradi. O'qish tezligini tekshirganda o'qituvchi o'qiladigan materialning xarakterini, ya'ni g'oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so'z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o'qishning to'g'ri va ongli bo'lishini hisobga oladi. O'quvchilarning o'qish tezligi har xil bo'ladi, albatta. O'qituvchining vazifasi barcha o'quvchilarning o'qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O'qish sur'atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o'qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi.
Ongli o'qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o'qish o'qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o'z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o'qish o'z navbatida, o'quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so'zning leksik ma'nosini, gapda so'zlarning bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq. Hozirda ongli o'qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma'noda: birinchidan, o'qish jarayonini egallashga nisbatan o'qish texnikasi ma'nosida, ikkinchidan, keng ma'nodagi o'qishga nisbatan o'qish sifatlaridan biri ma'nosida qo'llanadi.
Matnni ongli o'qish uchun o'quvchilar to'g'ri, me'yorida o'qishni egallagan bo'lishlari va o'qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O'quvchilar matnni ongli o'qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ongli o'qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. O'qituvchi ongli o'qishni matnni ifodali o'qishga (agar ovoz chiqarib o'qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning
to'g'riligiga, asar voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o'qish va ifodali o'qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o'xshamaydigan o'qish sifatlaridir.
Ifodali o'qish. Ifodali o'qish intonatsiya - ohang yordamida asarning g'oyasi va jozibasini to'g'ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. „Ifodali o'qish adabiyotni aniq va ko'rgazmali o'qitishning dastlabki va asosiy shaklidir", deb ta'kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova. Demak,
„Ifodali o'qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o'quvchilarga ko'rgazmali qilib ko'rsatishdir. Ifodali o'qishning asosiy tamoyili o'qiladigan asar g'oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir .
Ifodali o’qish turlari quyidagilar:

    1. Yakka o’qish.

    2. Rollarga bo’lib o’qish.

    3. Jo’r bo’lib o’qish.

  1. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir. Boshni fido ayla ato qoshig’a,

Jismni qil sadqa ano boshig’a....
Kun-tuningga aylagali nur fosh, Birisin oy angla, birisin quyosh.
(A. Navoiy)

  1. Rollarga bo’lib o’qish. “Qish” X. Eshonqulov.

  1. o’quvchi: Hovlida zag’cha,

Qanot qoqadi.

  1. o’quvchi: Oppoq kiyimda,

O’rmon -u tog’, yer.
Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’....
Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisak bo’ladi.

  1. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang bilan o’qishni o’rganadilar.

O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past- balandligining yig'indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta'sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g'oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.
O'quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:

  1. Nutq jarayonida nafasni to'g'ri olish va to'g'ri taqsimlay bilish.

  2. Har bir tovushning to'g'ri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro gapirish) malakasini egallash.

  3. Adabiy talaffuz me'yorlarini egallash.

Bu shartlar faqat ifodali o'qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya'ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O'quvchining har qanday og'zaki hikoyasi ifodali bo'lishi zarur.
Ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog'lanadi. Shuning uchun o'qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o'z nafasini boshqara olish va ovozdan to'g'ri foydalanishga o'rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O'quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o'qish (gapirish)ga, nutqda tez, o'rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg'uni ifodalashga o'rganadilar. Ifodali o'qishga o'rgatishda o'quvchilar pauza va logik urg'u bilan ham tanishtiriladi. Ifodali o'qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo'linadi:

  1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g'oyasini belgilash, ya'ni asarning g'oya- viy-mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

  2. Matnning qaysi joyida to'xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg'uning o'rnini, o'qish tempini belgilab olish.

  3. O'qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisa- larga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o'qish.

Asarning mazmuni va g'oyaviy yo'nalishini tahlil qilish ifodali o'qishga o'rgatish bilan bog'lab olib boriladi. Ifodali o'qishga o'rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o'z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O'quvchilarda ifodali o'qish malakasini shakllantirish uchun asarni o'qituvchining ifodali o'qishi muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 258,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə