4-Sanoat,Raqamli platformada sun’iy intellektning o’rni Otabek Ashrapov mmt-93



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#106067
  1   2
4 Sanoat,Raqamli platformada sun’iy intellektning o’rni 1 1


4-Sanoat,Raqamli platformada sun’iy intellektning o’rni
Otabek Ashrapov MMT-93
Sun'iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi
Sun'iy intellekt texnologiyalaridan
foydalanishni kengaytirish, raqamli
ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta
ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida
hozirda yurtimizda ushbu sohada malakali
kadrlarni tayyorlash, mazkur yo'nalishdagi
ilmiy-loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha
qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy
etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish
talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi
bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy
intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi.
Hozirda yurtimizda shu yo'nalish bo'yicha
“Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt”
ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-
pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga
kiritildi va uning pasporti yaratildi. Muhammad al
-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti hamda Raqamli
texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish
ilmiy-tadqiqot institutida “Raqamli texnologiyalar
va sun'iy intellekt ixtisosligi” bo'yicha oliy
ta'limdan keyingi ta'lim instituti ochildi.
Amalga oshirilayotgangan ishlar
Sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-
tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi. Bundan
tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta
qabul kvotasi ajratildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va
sun'iy intellekt yo'nalishi bo'yicha saralab olingan 10 nafar
yosh olim 2021-2022 yillarda etakchi xorijiy ilmiy
tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi.
Sun'iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va
innovatsion ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash doirasida
umumiy qiymati 15,1 mlrd. so'm bo'lgan, davomiyligi 2021 –
2024 yillarga mo'ljallangan 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Sun'iy intellekt format ham, funksiya ham emas
Qisqa qilib aytganda, sun'iy intellekt muayyan vazifalarni
bajarishda inson xatti-harakatiga taqlid qilishga qodir bo'lgan
tizim yoki texnologiya bo'lib, olingan ma'lumotlardan
foydalanib asta-sekin mukammallashib boradi. Umuman
olganda sun'iy intellekt format ham, funksiya ham emas, balki
bu jarayon bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish kabilarni
o'z ichiga oladi.
Sun'iy intellekt haqida so'z borar ekan, uning biznesdagi va
axborot texnologiyalardagi o'rnini tahlil qilish lozim. Sun'iy
intellektning ushbu yo'nalishlarga sekin-astalik bilan kirib
borishi, sun'iy intellekt vositalarining soni oshishini ta'minlaydi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə