4. «Minglik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


"O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri



Yüklə 71,68 Kb.
səhifə4/16
tarix21.10.2023
ölçüsü71,68 Kb.
#129643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1, Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari

"O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo'ladi. Bolalar bog'chasi yoki ba'zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o'qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo'ladilar. Ammo, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo'l­magan bolalar ham keladilar. Shuning uchun dastlab o'qituvchining vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o'qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo'lishi mumkin:

  1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?

  2. Doiracha, cho'p,bayroqchalarni sanang-chi?

  3. Stolda qancha qalam bo'lsa, shuncha bayroqcha oling?

  4. Qaysi doirachalar ko'p? Qizillarimi, ko'klarimi?

  5. Tartib bilan qo'yilgan narsalarni tartib bilan sanang.

  6. 5-1, 8-2, 4-3 kabi savollar.

Tayyorgarlik davrining (6-7 mashg'ulot) asosiy vazifasi nomerlashni o'rganishga o'tish uchun zarur bo'ladigan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni aniqlash.
1-sinfning 1- mavzusi 1-o'nlik sonlarini nomerlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1-10 ta son haqida tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida nomerlashda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat.


Nomerlashni bilish natijasida o'quvchilar quyidagilarga erishadilar:

    1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlash­tirish.

    2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning tartib nomerini aytib bera olishi.

    3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo'lishi (1 ni qo'shish yoki 1 ni ayirish bilan).

    4. Raqamlarni o'qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to'plamini mos keltirishi.

    5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.

    6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo'shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.

    7. Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.

O'quvchilarni nol raqami bilan tanishtirish.
Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o'rganish rejasi tuzuladi. Natural raqamlar tartibi o'quvchilarda bu qatorning hosil bo'lish tushunchalarini ongli o'zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e'tibor qilish kerakki har gal avvalgi o'tilgan raqamlar qatori qayta ko'rib chiqiladi va o'rganilayotgan yangi raqam­lar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi.
Natural qatordagi o'rganilayotgan har bir yangi raqam ko'rgazmali material bilan tushuntiriladi, so'ngra, yig'indi va ayirma belgilari bilan yozib ko'rsatiladi. Bu bilan qo'shish va ayirish amallarini o'rganishga zamin hozirlanadi.
Birinchi o'nlik ustida ishlashda uch bosqich ajratib turiladi:

      1. Tayyorgarlik davri,

      2. Nomerlashni o'rganish,

      3. Arifmetik amallar (qo'shish va ayirish)

Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi – bolalarning bilim, o'quv malakalarini sistemalashtirish va to'ldirish, nomerlashni o'rganishga o'tishda zarur bo'ladigan bilim­larni egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarligini o'rganish.

10 ICHIDA MASHG'ULOTLAR O'TKAZISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI



Yüklə 71,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə