3.2
– rasm. Tosh taxtalarning manzarali ko’rinishi. a-to’lqinsimon
(qabariq-botiqli); b-qovurg’asimon (chigal izli); d-yo’nilgan (egatsi-
mon, taram-taramli); e-nuqtali (g’adir-budirli).
§3.4. Pardozbop tabiiy tosh material va buyumlarning xossalari va
turlari
Tabiiy tosh materiallarning asosiy xossalari.
Qurilishida qo’lla- niladigan
pardozbop tabiiy tosh materiallarning turli-tuman fizik-
mexanik xossalari ichida
zichligi, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, edirilish va ishqalanishga bardoshligi,
sovuqqa chidamliligi kabi xossalar muhim ahamiyatga egadir.
Quruq holatdagi zichligi
bo’yicha tabiiy tosh materiallar og’ir (zichligi 1800
kg
m
3
dan ortiq) va engil (1800 kg
m
3
dan kam) xillarga bo’linadi.
Og’ir tosh materiallarga granit, sienit, gabbro, diorit, diabaz, bazalt, dolomit,
marmar va sh. k. kiradi. Ular yo’l qurilishi, bino va
inshootlar- ning suv va nam
tegishi mumkin bo’lgan qismlarida, pol devorlarini bezashda, yuqori mustahkam
yo’l qoplamasi betonlarini tayyorlashda ishlatiladi.
Engil g’ovak
tosh materiallarga vulqon tufi, pemza, chig’anoqtosh, g’ovakli
ohaktosh va opoka kabilar kiradi. Ular asosan devorbop donali tosh va blok- lar
tayyorlashda ishlatiladi (issiq saqlash xususiyati yuqori bo’lganligi uchun).
Tabiiy tosh materiallar mustahkam, chidamli va issiq o’tkazmaydigan bo’- lishi
kerak. Toshning mustahkamligi uning markasi bilan belgilanadi. Toshlarning
markasi ulardan tayyorlangan namunalarni siqilishdagi muvaq- qat qarshiligi
bo’yicha aniqlanadi.
Siqilishga mustahkamlik
chegarasi bo’yicha tabiiy tosh materiallar quyidagi
guruhlarga bo’linadi: yuqori mustahkam (30...100 MPa); o’rtacha mustahkamli
(3,5...25 MPa) va mustahkamli past (0,4...2,5 MPa);
Sovuqqa chidamliligi
bo’yicha tabiiy tosh materiallarning F10, 15, 25, 35, 50,
100, 150, 200 va 300 markalari mavjud.
Zich tosh materiallar sovuqqa chidamli bo’ladi. Porforsimon toshlar esa sovuq
ta’sirida yorilib ketishi mumkin.
Suvga chidamlilik
darajasiga ko’ra (yumshash koeffitsienti bo’yicha) tosh
materiallar 0,6; 0,75; 0,9 va 1 ko’rsatkichli guruhlarga bo’linadi. Doimo suv
ta’sirida bo’ladigan materiallar uchun ushbu koeffitsient 0,8 dan, tashqi devor uchun
esa 0,6 dan kam bo’lmasligi kerak.
Yo’l qoplamalari, sanoat binolarining pollari uchun mo’ljallangan ma-
teriallarga qo’shimcha talablar qo’yiladi (ishqalanib edirilish,
eyilishga yuqori
chidamlilik va sh. k.).
Edirilish va ishqalanishga bardoshlilik ularning zichligi, mustahkamligi va
tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Toshlar yo’l qoplamalari, bino pollari va zinapoyalarga
ishlatilganda ularning ushbu xususiyatlari katta ahamiyatga egadir.
Mayda kristalli
tuzilishga ega bo’lgan toshlar silliqlanganda sir-panchiq bo’lganligi uchun zinapoya
va polarda ishlatilishi tavsiya etilmaydi. Qoplama plitalar tayyorlanadigan tabiiy
tosh uchun tashqi ko’rinishi va rangi katta ahamiyatga ega.
U yoki bu tosh materiallar va buyumlar uchun tog’ jinslari namunalarini sinash
natijalari tashqi ko’rinishini baholash, shuningdek, foydalanish sharoitlarini hisobga
olib tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: