To‗xtab qolgan iflos suvdan yoki tish kiridan bakteriyali preparat tayyorlash
uchun oddiy buyum oynasi ishlatiladi. U yaxshilab artilib sterillanadi. Buning
uchun oyna spirt lampa alangasi ustidan 2—3 marta o‗tkaziladi. So‗ngra
tekshiriladigan suyuqlikdan sterillangan bakterial ilmoqda bir tomchi olib, buyum
oynasiga surkaladi, ya`ni mazok tayyorlanadi. Mazok ochiq havoda quritiladi,
so‗ngra bakteriyalarni oyna ustida fiksatsiyalash maqsadida, oyna spirt lampa alan-
gasi ustidan 2—3 marta o‗tkaziladi. Tayyorlangan preparat ustiga 2—3 tomchi
Lyoffler sin‘kasi yoki fuksin bo‗yog‗i tomiziladi. Oradan 1—2 minut o‗tgach,
bo‗yoq yuviladi. Preparat ustidagi suv tomchilari fil‘trlanadi qog‗ozga shimdirib
olinadi. So‗ngra mazok ustiga bir tomchi kedr yoki kastorka moyi tomizib, u avval
quruq (moyga botirilmagan, 8x li), keyin immersion ob`ektiv orqali ko‗riladi.
Preparatda sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon va boshqa shakldagi mikroblar
borligi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: