4-Mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix18.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#111171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
51777 (1)

Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bo‘lib, 
islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olingan. Ikkinchi nusxa 
Ka’bada, uchunchi nusxa Qoxiradagi Misr milliy kutubxonasida 
saqlanmoqda. To‘rtinchisi Toshkentda O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida 
saqlanib, 1989 yil boshlarida O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasiga 
topshirilgan. 
Ye
ndi Qur’onning ichki tuzilishi masalasiga e’tibor qilamiz. Qur’onda 
114 ta sura, 6226 ta oyat borligi e’tirof etilgan. Ammo Qur’on matnlarini 
taqsimlanishiga asosan oyatlar soni 6204, 6232, hatto 6666 gacha belgilangan 
va uni kitob shakliga keltirishda muayyan usul qo‘llangan. 
Suralar Qur’onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki o‘qilgan vaqtiga 
qarab joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmiga ega 
bo‘lgan 2-«Baqara» surasida 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 
oyatdangina iborat. 
Uzun suralar kitobining boshidan, qisqa suralar uning oxiridan o‘rin 
olishi, tadqiqotlarda aniqlanishicha, qadimiy arablarning va umuman old 
Osiyodagi somiy xalqlarning an’anasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Xilma-xil 
yozuvlar, rivoyatlar yoki adabiy asarlar to‘planib kitob qilganda, katta 
hajmdagi asarlar birinchi o‘rinda, kichiklari keyin joylashtirilar ekan. Zayd 
Ibn Sobit ham Suhufni to‘plab dasxat qilishda ana shu an’anaga amal qilgan 
bo‘lishi mumkin. 
Qur’oni Karim tuzilishi haqidagi gapni davom ettirsak, undagi har bir 
sura, oyatlar yig‘indisidan iborat. «Oyat» so‘zi faqat Qur’onning o‘ziga xos 


14 
iborasi bo‘lib, «mo‘jiza», «hikmat», «ilohiy», «alomat, belgi», ma’nolarini 
anglatadi. 
Oyatlarning hajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni 
bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2,255-Oyat-al-Kursiy) iborat 
bo‘lgan holda, ayrim oyatlar faqat ikki so‘zdan (gapning bir qismidan)gina 
iborat. Masalan: 
1.
Osmon yorilganida, 
2.
yulduzlar (har tomonga) sochilganida, 
3.
dengizlar qo‘shilib to‘siqlar ochilganida, 
4.
qabrlar ag‘darilganida (qiyomat qoyim bo‘lganida), 
5.
(har bir) jon o‘zi (dunyoda) qilib o‘tgan va qoldirgan (barcha) 
narsalarni (amallarni) bilur! (82:1-5). 
Qur’on-muqaddas kitob, uning mazmunini Alloh so‘zlaridan iborat deb 
hisoblash ham Qur’onning o‘zidagi ko‘rsatmalariga asoslangan: «U (Alloh) 
bundan ilgari yuborilgan (kitoblar)ning to‘g‘riligini tasdiqlab, senga haqiqat 
kitobini yubordi», «Biz Nuhga, Yaqubga va uning avlodlariga, Isoga, 
Ayyubga, Yunusga, Xorunga, Sulaymonga qanday vahy qilgan bo‘lsak 
hamda Dovudga Zoburni qanday yuborgan bo‘lsak, senga ham o‘shanday 
vahy yubordik», «Sening Qur’onni odamlarga parcha-parcha qilib o‘qib 
berishing uchun biz uni bo‘laklarga bo‘lib senga yubordik». 
Biz keltirgan va bundan boshqa ko‘p oyatlardan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, Qur’on o‘zidan ilgarigi diniy yozuvlarni inkor etmaydi, balki 
ularni tasdiqlash va o‘sha yozuvlardagi diniy yo‘llanmalarni oxiriga etkazish 
uchun yuborilgan muqaddas kitob deyiladi. Islom ham o‘zidan ilgarigi diniy 
e’tiqodlarning vorisi, Muhammad (s.a.v.) esa o‘zlaridan ilgari o‘tgan barcha 
payg‘ambarlarning ishini yakunlovchi va oxirigi etgazuvchi rasul-yelchi deb 
taniladilar. 
Qur’oni karim islomda muqaddas kitob, barcha bilimlar manbai, 
qonunlar to‘plami, mazmuni osmondan Xudo vahy qilgan deb e’tiqod 
qilinadi. Qur’ondagi har bir suraning nomi bor, bu nom sura boshlanishida 
sarlavha qilib berilgan. 
Olimlarning fikricha, suralarning nomlari dastlabki vaqtda bir necha 
so‘zdan tuzilgan jumlalardan iborat bo‘lgan, keyinchalik qisqara borib, o‘sha 
jumladan bironta so‘z saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. shuning uchun 2-
sura Baqara (Sigir), 16-sura Nahl (Asalarilar), 27-sura Naml (Chumolilar) 
deb nomlangan bo‘lsa, bunga hech ham ajablanish kerak emas. O‘sha 
suralarda tegishli rivoyatlar keltirilgan. Dastlabki shaklida «Ana shunday 
rivoyatlar haqida sura» tipidagi uzunroq nom bo‘lgan va keyinchalik 
qisqargan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarli xoldir. 


15 
Qur’ondagi 29 ta suraning boshlanishida bir yoki bir necha alohida 
harflar bor. Ilohiyot kitoblarida va tafsirlarida bu harflar «al-huruf al-
muqatta» (alohida, bir-biridan uzuq harflar) deb ataladi. Masalan, 3, 29, 30, 
31, 32-suralarning boshlanishida-«alif», «lom», «mim», 10, 11, 12, 13, 14, 
15-suralar boshida «alif», «lom», «ro», 19-surada-«Kaf», «Ho» (hoy havvaz), 
«Yo», «Ayn», «Sod» va hokazo. Diniy adabiyotda asosan «bu harflarning 
mazmuni sir, uni faqat Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) o‘zlari bilganlar», 
ularga «Qur’onning siri» degan fikr aytilgan. Faqat yirik mufassirlarning bu 
harflardan ba’zilarini Allohning sifatlari deb ta’riflagan hollari uchraydi. 
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha 
«pora») larga bo‘lingan. Shuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o‘xshab 
Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki o‘qishda qulaylik tug‘dirish 
uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bo‘laklarga bo‘lishdan 
iborat bo‘lgan. Shu sababli eng uzun 2-sura poradan ko‘proq bo‘lgani holda, 
oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi. 
Qur’on yirik tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida axloq, insof, vijdon, 
halollik kabi sohalaridagi umumbashariy ahamiyatga molik yo‘l-yo‘riqlar, 
qoidalari hozirda ham g‘oyat zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə