4-Mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix18.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#111171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
51777 (1)

 
KA’BA
-(arab. –kub, to‘rt burchak)- islom dinining eng muqaddas 
ibodatxonasi, baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish –haj 
va umraning asosiy amallaridan biri. 
Ka’ba Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan 
bo‘lib, 10x12x15 (bal 15 m va poydevori 12x10 m) o‘lchamdagi bino. Odatda, 
Ka’baning usti qora mato (kisva) bilan qoplangan bo‘ladi, unga Qur’onning Makka 
va hajga oid oyatlari zarhal bilan yozib qo‘yilgan. Ka’ba devorining tashqi g‘arbiy 
burchagida “Qora tosh” (Hajar-al-asvad”) joylashgan.
Shimoliy sharqiy devoridagi eshik ham choyshab bilan qoplangan va erdan 
chamasi 2m baland o‘rnatilgan. Ka’baning ichi tavof qilinganda devorga narvon 
qo‘yiladi. Ichkarida uchta ustun bo‘lib, shiftiga sirlangan ko‘pdan ko‘p chiroq 
osilgan.
Devorning eshik bilan qora tosh oralig‘idagi qismi al-muntazam deyiladi, uning 
yonida Allohga ayniqsa yoqadigan duolar o‘qiladi. Shimoliy g‘arbiy devorning 
tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov ko‘rinib turadi, u almizob yoki mizob al-
rahma deb ataladi. Shu tarnov bilan g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi.
 
Shim.-sharqiy devor yonidagi yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki 
hijr Ismoil)ni to‘sib turadi, hojilar tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) 
zamonida bu joy Ka’baning bir qismi bo‘lgan; bu erga Ismoil (as) va uning onasi 
Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar. Devor qarshisida maqom Ibrohim deb 
atalgan inshoot bo‘lib, undagi toshda odam izlari ko‘rinadi. 
Aytishlaricha, Ibrohim 
(as) Ka’bani qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan. “Qora tosh” yaqinida 
esa Zamzam bulog‘i bor. Muhammad (as) 25-30 yoshlarida Ka’bani ta’mirlash 
ishlarida qatnashganlar. 
Odamatoning uchinchi o‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohis (as) 
tomonidan ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan. 
Ka’ba Yasrib (Madina)da qibla deb e’lon qilingach uning ahamiyati juda oshib 
ketdi. O‘shangacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi. Ka’ba islomning alohida 
din bo‘lib shakllanishida g‘oyat katta vazifani bajaradi. 
2
 
1
Имом Абу Ҳомид Ибн Муҳаммад Ал-Ғаззолий. Иҳёу улумид-дин. -Тошкент: Мовароуннаҳр, Тўртинчи 
китоб, 2004, 18-бет. 
2
Ислом энциклопедия. Ҳуснитдинов З таҳрири остида. –Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси 
2004. –Б.137. 


25 
Makkaga hajga borgan musulmonlar Qora toshni o‘pib yoki qo‘l bilan 
tekkizib ziyorat qiladi. Qora tosh islomda mo‘tabar hisoblangan narsalardan biri. 
Shariatga ko‘ra, umra va hajga borgan odam Qora toshni o‘pishi yoki qo‘lining 
ichki tarafi bilan unga ishorat qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) sunnat 
amallardan hisoblanadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə