4-mavzu. Borliq – falsafasi


Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi falsafiy optimizm



Yüklə 65,63 Kb.
səhifə15/20
tarix09.02.2022
ölçüsü65,63 Kb.
#83632
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4. Borliq falsafasi

Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi falsafiy optimizm. Hayotning paydo bo‘lishi muammosi ustida bosh qotirar ekan, inson ortiqcha optimizm namoyish etishi va o‘zining haqiqatning tagiga yetish qobiliyatiga haddan ortiq ishonishi ham, muammoning murakkabligi qarshisida o‘z ojizligini tan olishi ham mumkin. Bunday sharoitda XX asr boshida Amerika pragmatizmining taniqli namoyandasi Uilyam Jems (1842-1910) ta’riflagan yondashuv o‘rinli bo‘lsa kerak. Uning ta’biri bilan aytganda, «biz qor bosgan, quyunlar charx urayotgan tog‘lar orasida turibmiz. Qarshimizda ba’zan tuman pardasi osha so‘qmoqlar namoyon bo‘ladi. Ular ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Lekin biz bu yerda harakatsiz turadigan bo‘lsak, muzlab qolishimiz ham hech gap emas; bordiyu soxta yo‘lni tanlasak, yiqilib o‘lishimiz mumkin; biz hatto chin yo‘l bor-yo‘qligini ham bilmaymiz. Xo‘sh, biz nima qilishimiz kerak? Tushkunlikka tushmasligimiz kerak! Hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilib, dadil harakat qilishimiz kerak!»4.

Agar biz cheksizlik hamda hal qilinayotgan vazifaning o‘ta murakkabligi qarshisida hafsalasizlik va harakatsizlikdan yuqorida zikr etilgan tamoyilni, mistika va ko‘r-ko‘rona ishonchdan aql dalillari va bilishning ilmiy yo‘lini ustun qo‘ysak, hayot hodisasini falsafiy anglab yetish yo‘lidagi birinchi ishimiz, jonli deb nomlash mumkin bo‘lgan barcha narsalarning jonsiz narsalardan tubdan farqini aniqlash bo‘lishi lozim.




Yüklə 65,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə