4-Ma’ruza. Tayanch-harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja



Yüklə 38,85 Kb.
səhifə7/7
tarix20.10.2023
ölçüsü38,85 Kb.
#129026
1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza 4 ingliznemisI

Muskullarning charchashi. Faoliyatidan so'ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so'ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi.
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi.Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta'sirga javob reaksiyasi tezligi pasayadi,organizmning chidamliligi kamayadi.Bola qancha yosh bo'lsa,shuncha tez charchaydi,Ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi.Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobilyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishda markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Adinomiya, ya'ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki organlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga o'xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda muskullari yetarlicha uyg'un qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday bolalar katta odamga nisbatan ko'p harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham harakatlari uyg'unlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko'pi bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan bo'ladi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5 marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez charchaydi.
Turli xil jismoniy mashg'ulotlarni olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab chiqarish praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar gimnastika bilan shug'ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish su'ati va turini va bola o'z holatini o'zgartirib turishi kerak.

Tayanch – harakat apparatining gigiyenik qonunlarga rioya qilmaslik umurtqa pog`onasining rivojlanishiga, ya'ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.


Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo`ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o`xshash ko`tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko`krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo`ladi, umurtqa pog`onasining bel qismi normadan ko`proq oldinga bukilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko`kraklari qam past, baland bo`lib, ko`krak qafasining bir tomoni bo`rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo`ladi. qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko`rinishni emas, balki ichki organlar (o`pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funktsiyasiga ham salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Yassioyoqlik. Yassioyoqlik darajalari oyoq kaftining ichki botig`iga qarab aniqlanadi.Buni aniqlash uchun oyoq izlari tekis joyga tushiriladi. Agarda oyoq kaftining ichki botig`i kam yoki umuman bo`lmasa yassioyoqlik xisoblanadi.

Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og`ir yuk ko`targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi.





1 Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, TheCarter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 130 bet mazmun mohiyatidan foydalanildi.

Yüklə 38,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə