3. Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri


Pedagogik muloqotda muomala madaniyati



Yüklə 61,41 Kb.
səhifə4/8
tarix06.04.2023
ölçüsü61,41 Kb.
#104469
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Pеdаgоgik mahorat haqida tushuncha Reja Pedagogik fikrla



6.Pedagogik muloqotda muomala madaniyati


Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda o‘qituvchining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ta’kidlash joizki, pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o‘qituvchilarning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o‘qituvchilar zimmasiga yuklatildi.


Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi sub’ekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. YOsh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. SHarqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi.
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;
- muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvop usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi.
Pedagogik muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘zaro axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida bevosita o‘z tarbiyalanuvchilari, umuman o‘quvchilar jamoasi haqida, unda ro‘y berayotgan turli ichki hodisalar haqida g‘oyat xilma-xil axborotlarga ega bo‘ladi va o‘zining kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini belgilaydi. SHu bilan birga, o‘qituvchi muloqot asosida o‘z tarbiyalanuvchilariga ma’lum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini ma’lum qiladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yiladigan arzimas bir xatolik, adolatsizlik, qo‘pollik o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatining buzilishiga sabab bo‘ladi va tuzatib bo‘lmaydigan og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:

  • pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;

  • o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;

  • o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;

  • o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi.

Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va sub’ektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z – mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday axborotni qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat xilma-xil sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, o‘quvchilar ichki dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ichki dunyosini tushunib, muloqotga kirishishi lozim. O‘qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir so‘zi, fikri, turli hodisa va jarayonlar o‘quvchilar tomonidan har xil ko‘rinishda tushuniladi, bu o‘quvchining fikr mulohazasiga, ichki dunyosining teranligiga, tafakkuri va dunyoqarashining kengligi bilan izohlanadi, bunda o‘qituvchi mahoratining uchta jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada bo‘lish tajribasi.



Yüklə 61,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə