3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari



Yüklə 53,23 Kb.
səhifə7/13
tarix28.05.2023
ölçüsü53,23 Kb.
#113636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
3-mavzu psixalogiya (1)

Sezgilardagi qonuniyatlar.
Sezgi organlarining o‘ziga taʼsir etadigan qo‘zg‘ovchilarga moslanishi, ko‘nikishi adaptatsiya deb ataladi. Qo‘zg‘ovchining taʼsiri o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zg‘ovchilar sust taʼsir etganda sezgirlik oshadi, kuchli taʼsir etganda sezgirlik kamayadi. Shu sababli, musbat va manfiy adaptatsiya farq qilinadi. Adaptatsiya ko‘rish sezgilarida, ayniqsa, yorug‘ joydan qorong‘i joyga kirganda va aksincha qorong‘i joydan yorug‘ joyga chiqqanda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, yorug‘ joydan balandroq binoga kirganimizda avvaliga hech narsani ko‘rmaymiz. Ko‘rish organimiz kuchsiz yorug‘likka moslashguncha bir necha vaqt o‘tadi. Bu qorong‘ilik adaptatsiyasidir. Qorong‘idan yorug‘ga chiqqanda ham ko‘rish organlari yorug‘likka yana moslashuvi uchun bir necha vaqt (taxminan 4 daqiqadan 5 daqiqagacha fursat) kerak. Bu yorug‘lik adaptatsiyasidir.
Adaptatsiya harorat sezgilarida ham bor. Biz cho‘milish uchun suvga tushganimizda yoki dush tagida turganimizda dastlabki paytda suv sovuq-roq tuyo‘ladi, bir necha daqiqadan keyin esa o‘sha suv unchalik sovuq sezilmaydi va hatto iliqroq seziladi.
Hid bilish sezgilarida adaptatsiya tezroq boshlanadi. Masalan, biron hidi bor uyga kirganimizda avaliga shu hidni sezamiz, bir necha vaqtdan so‘ng hidni sezmay qolamiz.
Adaptatsiya ko‘rish, harorat, hid bilish sezgilarida kuchliroq, eshitish va og‘riq sezgilarida kamroq bo‘ladi. Boshqa sezgi organlari ishlab turganda ayrim sezgi organlarining adaptatsiya jarayoni tezlashuvi mumkin. Masalan, harorat (sovuq), taʼm bilish, muskul retseptorlari va ichki organlardagi retseptorlar taʼsirlanganda ko‘rish va eshitish sezgirligi tezroq kuchayadi. Olimlar o‘tkazgan bir qancha tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sovuq suvga latta xo‘llab yuz va bo‘yinni artganda (issiq faslda), jismoniy tarbiya mashqlariga o‘xshash tipdagi yengil ishda nafas olish tezlashganda va kuchaygan¬da eshitish va ko‘rish sezgirligi oshadi, musbat adaptatsiya tezlashadi. Shunday vositalardan foydalanib, qorong‘ilik adaptatsiyasini odatdagidek 40—50 daqiqada emas, balki 5 6 daqiqada tezlatish mumkin.
Sinesteziya
Baʼzi kishilarning sezgilarida sinesteziya degan hodisa ko‘riladi. Sinesteziya ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo‘lib qo‘shilishi demakdir. Sinesteziyada sezgilardan birontasi muayyan paytda bevosita taʼsir etuvchi qo‘zg‘ovchiga ega bo‘lmaydi, balki qaytariladi. Sinesteziyaning ko‘proq uchraydigan shakli «rangdor yeshitish» deb ataladigan hodisadir. Bunda tovush sezgisi (shovqin, ton, musiqali akkord) ko‘rish obrazini, yaʼni yorug‘lik yoki rang tasavvurini uyg‘otadi. Sinesteziya kishilarning taxminan 12 foizida uchraydi, «rangdor eshitish* kishilarning 4 foizida ko‘riladi. Sinesteziya hodisalarini ko‘rsatadigan ayrim so‘zlarni adabiy tildan topish mumkin. Masalan, «istarasi issiq, «basharasi sovuq», «yumshoq ko‘ngil», «tosh yurak», «shirin so‘z», deb gapiradilar .

Yüklə 53,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə