3-Mavzu: Bipolyar va amydoniy tranzistorlar. Ko’p qatalmli yarim o’tkazgich asboblar. Reja



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#165934
  1   2   3   4   5
3-Mavzu Bipolyar va amydoniy tranzistorlar. Ko’p qatalmli yarim-fayllar.org


3-Mavzu: Bipolyar va amydoniy tranzistorlar. Ko’p qatalmli yarim o’tkazgich asboblar. Reja

3-Mavzu: Bipolyar va amydoniy tranzistorlar. Ko’p qatalmli yarim o’tkazgich asboblar.
Reja:
  1. Umumiy ma’lumotlar. Bipolyar tranzistor (BT)lar haqida umumiy ma’lumotlar.


  2. Umumiy ma’lumotlar. MTlar: r-n o‘tish bilan boshqariluvchi, kanali induksiyalangan va qurilgan MDYA-tranzistorlarning tuzilmalari


  3. Umumiy ma’lumotlar. SHokli diod. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi.


Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita r-n o‘tish va uchta elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi. Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron – kovaklarning harakatiga asoslangan.


Bipolyar tranzistor r-n-r va n-r-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan (13.1 a va b - rasm). Endilikda keng tarqalgan n-r-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+ - soha) emitter deb ataladi va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (r - soha) injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (6.2- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa kollektor o‘tish deb ataladi.

3.1 – rasm.


Tashqi kuchlanish manbalari (Ueb, Ukb) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda, tranzistor aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon bo‘ladi.
Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u to‘yinish rejimida (ikkala o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o‘tish teskari siljigan) ishlashi mumkin.

3.2 – rasm.



Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə