3-Maruza: Stansiya rels zanjirlari ishlash prinsipi. Tarmoqlangan rels zanjirlari. Fazasezgirli rels zanjirlari. Reja


Tarmoqlangan relsli zanjirlari va ularni izolyasiya qilishning usullari



Yüklə 82,84 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü82,84 Kb.
#159427
1   2   3   4   5
3-Maruza (2)

Tarmoqlangan relsli zanjirlari va ularni izolyasiya qilishning usullari.

Xavfsizlikka bo‘lgan javobgarligi yuqori darajadagi relsli zanjirlarida xavfli buzilishlarni eng oliy darajada oldini olish uchun izolyasiyalangan tutashma, relsli tutashma ulagichlari va o‘tkazuvchi (perekidnoy) strelka ulagichlari (PPS) o‘rniga bir qancha yo‘l relelarini o‘rnatish va ularni “umumiy takrorlovchi rele” (obshiy povtoritel ) ga ulash ko‘rib chiqiladi.






3.18-rasm. Umumiy qaytaruvchi rele

3.18–rasmda ichki izolyasiyalovchi tutashmalar (VIS) rels liniyalarini yon yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatilgan. Bundan tashqari ichki izolyasiya tutashmalari to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha ham o‘rnatilishi mumkin. Bu xolatda relsli zanjirni meyoriy rejimida o‘tkazuvchi strelka ulagichidan tok oqib o‘tadi va u bir dona o‘rnatilishi mumkin. Ichki izolyasiya tutashmalar (VIS) joylashishida ALS ni uzatish uchun rels liniyasini qo‘llash imkoniyatini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Agar rels liniyasi ALS signalini uzatish uchun qo‘llanilmasa, u xolda ichki izolyasiya tutashmalar joylashishini ixtiyoriy ravishda olish mumkin. Agar ALS signalini uzatish kerek bo‘lsa, u xolda ichki izolyasiya tutashmalarni ALS signali uzatilmaydigan yo‘nalishga o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Agar ALS signallari har qanday yo‘nalish bo‘yicha uzatilishi kerak bo‘lsa, unda ichki izolyasiya tutashmalar ixtiyoriy ravishda o‘rnatiladi. Bunda o‘tkazuvchi strelka ulagichi (PSS) o‘rniga 3.18- rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnatiladi.
Elektr tortqili uchastkalarda signal tutashmalar ulagich va o‘tkazuvchi strelka ulagichi (PSS) o‘rniga tortqi tutashmalar ulagichi hamda o‘tkazuvchi ulagich (PS) qo‘llaniladi.
3.18,b - rasmda strelkali seksiyani 1RL, 2RL, 3RL rels liniyalarini bog‘lanishlarini elektr sxemalari ko‘rsatilgan. Bu sxemadan ko‘rinib turibdiki, kiruvchi qarshilik 2RL (Zvx2) va 3RL (Zvx3) paralell ulangan. SHu sababli 3.18,a - rasm va 3.18,b - rasmlarda ko‘rsatilgan izolyasiya qilish usuli “izolyasiya qilishning parallel usuli” nomini oldi.
Bundan tashqari 1RL, 2RL, 3RL to‘rt qutblilik zanjir sxemasi bo‘yicha ulanadigan izolyasiya usuli ham mavjud va bunday usul “ketma-ket izolyasiya qilish usuli” deb ataladi.
Izolyasiya qilishning ketma-ket usuli qo‘shimcha ichki izolyasiya tutashmalar (VIS) va yo‘llar orasidagi ulagichlarni qo‘llashni talab etadi. Bundan tashqari ushbu usulda ALS signalini uzatish uchun rels liniyalarini qo‘llash juda qiyin vazifa va buning imkoni yo‘q. SHuning uchun hozirgi kunda izolyasiya qilishning ketma-ket usuli qo‘llanilmaydi.
Avtonom tortqili uchastka uchun tarmoqlangan relsli zanjir 3.19-rasmda, 3.20-rasmda esa o‘zgaruvchan tokdagi elektr tortqili uchastka uchun tarmoqlangan relsli zanjir keltirilgan.

3.19-rasm. Avtonom tortqili uchastka uchun tarmoqlangan relsli zanjir




3.20-rasm.O‘zgaruvchan tokdagi elektr tortqili uchastka uchun tarmoqlangan relsli zanjir

Nazorat savollari

  1. Tarmoqlangan relsli zanjirlarining tuzilishi

  2. Elektr tortqiligida tarmoqlangan fazasezgirli relsli zanjir

  3. Relsli zanjirlariga texnik xizmat ko‘rsatish

  4. Tarmoqlangan relsli zanjirlari va ularni izolyasiya qilishning usullari.

  5. Umumiy qaytaruvchi rele

  6. Avtonom tortqili uchastka uchun tarmoqlangan relsli zanjir

  7. O‘zgaruvchan tokdagi elektr tortqili uchastka uchun tarmoqlangan relsli zanjir

Yüklə 82,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə