3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja



Yüklə 118,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.04.2023
ölçüsü118,68 Kb.
#107113
1   2   3   4   5   6   7   8
Periderma.
Ko’p yillik o’simliklarning birinchi yilgi vegetatsiyasi oxirlarida 
ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi ko’p qavatli chegaralovchi to’qima bilan 
almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko’ra bir necha turdagi 
hujayralardan tashkil topgan. Ular quyidagilardan iborat: a) asosan himoya 
vazifasining bajaruvchi fellema (po’kak), b) peridermaning eniga o’sishini 
ta'minlovchi fellogenni moddalar bilan ta'minlab turuvchi felloderma. Fellogen 
ikkilamchi meristema to’qima hisoblanib, u (olcha, olxo’ri, nok) epiderma 
to’qimasidan yoki asosiy to’qimadan (qoraqat, shumrut) shakllanadi. Po’kak 
kambiysi tangental yo’nalishda bo’linishi natijasida ikki tur to’qima ajralib chiqadi. 
Ularning biri po’kak kambiysining tashqi tomonidagi hujayralar bo’lib, po’kak 
qavatini hosil qilsa, ichki markazga tomon ajralib chiqqan hujayralardan asosiy 
to’qima-felloderma hosil bo’ladi. Po’kak to’qimalar hujayralari bir necha qavatdan 
iborat. Hujayra qobig’ining suberin moddasini shimishi tufayli suv va gazlarni 
o’tkazmay qo’yadi va hujayralarning protoplasti nobud bo’ladi. Keyinchalik hujayra 
bo’shlig’i havo, oshlovchi yoki smolasimon moddalar bilan to’lib qoladi. Po’kak 
to’qimasida hujayralarning tashqi muhit bilan aloqasini amalga oshirish uchun 
yasmiqchalar xizmat qiladi. Ularning o’lchami va shakli nihoyatda xilma-xildir. 
Odatda ular mayda va shakli cho’zinchoq yoki yumaloq bo’ladi. 
Po’stloq (ritidorm).
Ko’pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq 
periderma o’rniga po’stloq bilan almashinadi. U turli o’simliklarda har xil davrlarda 
hosil bo’ladi. Olma, oddiy qarag’ay va noklarda hayotining 5-8 yillari, emanda-25, 
grabda esa 50 yildan so’ng qoplaydi. U bir necha marta yangi periderma qavatlarini 
takrorlanishi natijasida po’stloq ostidagi to’qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda 
ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo’ladi. Fellogen faoliyatining 
xarakteriga ko’ra turli ko’rinishdagi po’stloq hosil bo’lishi mumkin. Fellogenning 


doira shaklda joy olishdan halqasimon po’stloq hosil bo’ladi. Agarda fellogen ayrim 
bo’laklar shaklida hosil bo’lsa, tangachasimon po’stloq kelib chiqadi. Bu xildagi 
po’stloq ko’p uchraydi. Qalin qatlamli po’stloq daraxt tanasini mexanik 
shikastlanishdan, yong’indan va haroratning keskin o’zgarishidan saqlaydi. Ba'zi 
o’simliklarda po’stloq umuman hosil bo’lmaydi (chinor, chetan, jumrut).

Yüklə 118,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə