3-ma’ruza Mavzu: Kompyuterlarning texnik tarkibi, asosiy va qo’shimcha qurilmalari Reja



Yüklə 253,81 Kb.
səhifə4/8
tarix11.06.2022
ölçüsü253,81 Kb.
#89367
1   2   3   4   5   6   7   8
3-маъруза

Doimiy xotiradan kompyuterning barcha imkoniyatlaridan to’liq foyda-lanish uchun ishlatiladigan dasturlar majmuasini doimiy saqlab turish uchun foydalaniladi. Doimiy xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lmaydi.
Tezkor xotira (RAM) kompyuterning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, ma’lumotlarni ma’lum vaqtga saqlab turish uchun ishlatiladi. Tezkor xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter o’chirilganda o’chib ketadi. Tezkor xotirada hisoblashlar juda tez bajariladi.
Kompyuterlarning imkoniyati tezkor xotiraning hajmi bilan belgilanadi. Texkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, kompyuterning imkoniyati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Zamonaviy kompyuterlar odatda 16 va 32 Mbayt hajmga ega bo’lgan tezkor xotira bilan ishlab chiqilmoqda.
Tashqi xotira qurilmasi ham ma’lumotlarni doimiy saqlash uchn ishlatiladi. Tashqi xotira qurilmasi sifatida qattiq disk (NDD) va yupqa magnit disklar ishlatiladi.
Qattiq disk (NDD). Qattiq disklar (vinchester) kompyuter bilan ishlash jarayonida foydalaniladigan ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar operasion sistema dasturlari, ko’p qo’lla-niladigan amaliy dasturlar majmuasi, hujjatlar muharriri, dasturlash tillari translyatorlari va hokazolardan iborat bo’lishi mumkin. Qattiq disklar boshqa xotira qurilmalaridan ishonchliligi; hajmining kattaligi va axborotlarni o’qish tezligining yuqoriligi bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda kompyuterlar 800 Mbaytdan 2,2 Gbaytgacha va undan ham kattaroq hajmga ega bo’lgan disklar bilan ta’minlanmoqda.
Yupqa magnit disklar. Bu magnit disklar ham ma’lumotlarni saqlash va ularni bir kompyuterdan boshqa bir kompyuterga o’tkazish uchun ishlatiladi. Kompyuterlarda 3,5 va 5,25 dyuma o’lchovli yupqa magnit disklar ishlatildi:
5,25 dyuym o’lchovli disketlar “besh dyuym”, 3,5 dyuym o’lchovli disketlar esa “uch dyuym”li disketlar deb yuritiladi. Uch dyuymli disket-larda ma’lumotlar saqlanishini ishonchliligi ancha yuqori. Disketlar aso-san hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.
Uch dyuymli disketlar 1,4 Mbayt gacha, besh dyuymli disketlar esa 1,2 Mbaytgacha hajmga ega bo’lgan axborotlarni saqlash uchun foydalaniladi.

Yüklə 253,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə