3-joriy nazorat: 1-topshiriq: Berilgan mazvular asosida esse yozing va pdf shaklda joylang. Esse yozish uchun mavzular


-topshiriq: Ixtiyoriy mavzuda referat yozing va PDF shaklda joylang



Yüklə 20,18 Kb.
səhifə2/2
tarix12.04.2023
ölçüsü20,18 Kb.
#105299
1   2
3-joriy nazorat 1-topshiriq Berilgan mazvular asosida esse yoz

2-topshiriq: Ixtiyoriy mavzuda referat yozing va PDF shaklda joylang.

Vaqt shamoldek uchmoqda


“Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: "Vaqt - go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo‘ladi".
Agar iplar sifatsiz va to‘zigan bo‘lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u o‘tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ozdir. Barakali bo‘lsa, ko‘p. Shu bois ham inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.
Vaqt bizga hayot davom etayotganini eslatib turuvchi muhim vositadir. Vaqt bu hayotdir. Har bir inson hayoti esa uning tug'ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o'tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotni foydali ishlar bilan o’tkazishdadir. Aqlsizlikning eng yomon ko'rinishi - vaqtni bekor o'tkazishdir. "Ikki narsa borki, ko'pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri - sog'lik, ikkinchisi esa - bo'sh vaqt", deganlar Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom:.
Vaqt bu dardimizga malham bo’ladigan bepul da'vodir. Vaqtning sog’liqqa nima aloqasi bor deb o’ylashingiz mumkin albatta. Misol uchun agar kimdur kasal bo’lib qolsayu o’z vaqtida davolanmasa vaqtni o’tkazib yuborsa, dardiga da’vo topa olmasligi va hattoki hayotdan ko’z yumishi ham mumkin. Aksincha da’volanish choralarini o’z vaqtida ko’rganlar tez tuzalishlari va sihat salomatlikda uzoq umr ko’rishlari mumkin. Agar kimningdur boshiga musibat tushib tushkinlikka tushib qolsa ham “dardingga vaqt da’vo bo’ladi” deb ovutamiz. Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog'liqqa muvofiq mashg'ulotlar bilan to'ldirishi kerak, toki qayg'u-alam bosh suqadigan bo'sh joy qolmasin
Vaqt bu-daromad. Xalqimizda “Vaqting ketdi-naqding ketdi” degan purhikmat gap bor. Darhaqiqat, Vaqtni pulga sotib olib bo’lmaydi yoki uni orqaga qaytarishning ham imkoni yo’q. Ba’zi insonlar qimmatbaho vaqtlarini behuda sarflaydilar, va bu bilan vaqtni to’g’ri sarflash orqali foyda qilishi mumkin bo’lgan daromaddan quruq qoladilar, ba’zi buyuk odamlar esa vaqtdan unumli foydalanadilar va har daqiqadan foyda ko’radilar. Bu qanday bo’lishi mumkin dersiz. Hech hisoblab ko’rganmisiz sizning bir soat vaqtingiz qanchaga tushishini, deylik ba’zilar bir kunda 8 soat ishlaydi va kuniga 200 000 sum pul topadi, demak ular soatiga 25ming topayapti. Yoki aksincha umuman ishlamaydiganlar shuncha miqdordagi daromaddan mosuvo qolishmoqda. Bundan kelib chiqadiki har birimiz vaqtning qanchalik qadrli ekanini va uni to’g’ri sarflamasak qanchalik zarar ko’rishmiz mumkin ekanligini tushunib olishimiz kerak.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, vaqt nafaqat sog’lik balki boylik topishda ham eng muhim hisoblanadi. Biz sarflagan pulimizni topishimiz mumkin, ammo yo’qotgan vaqtimizni qaytarib ololmaymiz. Demak, bu vaqtni puldan ko’ra qimmatliroq ekanligini va biz vaqtdan maksimal darajada foydalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. Har nafasimiz, har kunimiz uchun Allohga shukur qilib, uni qadriga yetaylik. Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir.

Umirzoqov Jahonbek, TATU Farg’ona filiali talabasi
Yüklə 20,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə