3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat



Yüklə 76,4 Kb.
səhifə7/37
tarix19.12.2023
ölçüsü76,4 Kb.
#151214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
3-mavzu

Kuzatish bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.
Eksperiment bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob’ekt yo sun’iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob’ektni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi.
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi. Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob – bu insonning sezgi a’zolari bilishi mumkin bo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalarga ega bo‘lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a’zolarimizni kuchaytirishi, ob’ekt xossalarining faollik darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob’ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.
Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir. O‘lchash – taqqoslashning ayrim ko‘rinishi. Kuzatish va eksperiment natijalari o‘lchash yo‘li bilan ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘lchash – ob’ekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. U o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi.

Yüklə 76,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə