21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə5/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
21-маъруза матни

Dengiz qaroqchisi bosqinchilikka, bezorilikka moyillik, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan salbiy munosabatni anglatadi. Shturval oldidagi qurollangan qaroqchi tasviri: "O‘lja izlayapman" degan ma’noni anglatishi mumkin.

Fil ozodlikka chiqqanidan keyin huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan o‘ch olish maqsadi.

Tatirovkalarning ko‘rinishlari. Lombrozo tomonidan belgilab berilgan biologik tabiatga ega bo‘lgan navbatdagi diagnostik alomat – bu tashqi qiyofada ham axloq, ham sof «erkakcha» belgilarning yaqqol ustunligidir. Erkak va ayolning mardlikka, sovuqlikka, tavakkalchilikka, jismoniy kuch va chidamlilikka moyillikda ifodalanuvchi xos farqlari delink-ventda zo‘rlik va tajovuzga, shafqatsizlik va nafratga moyillik, qurolga, ichkilik ichishga va tamaki chekishga bo‘lgan ishtiyoq shaklida aks etadi.

Shaxsning og‘uvchi axloqiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa jiddiy biologik omillar, Lombrozoning fikricha4, kishining ruhiy parokandaligi yoki telbaligi hisoblanadi. Bunday holda, tutqanoqli va affektiv kasallar uchun xos bo‘lgan ruhiy buzilishlar asossiz tajovuz ko‘rinishida, avtomatik ravishda, ko‘rinmas tashqi sababsiz, shunchaki u yoki bu jinoiy qilmishni sodir etishda, keskin ruhiy qo‘zg‘alish oqibatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Lombrozoning jinoyatchi va fohishaning o‘xshashligi va keyingi axloqiy xususiyalari haqidagi xulosasi shak-shubhasiz kriminal nazariyaga qo‘shilgan hissa bo‘ldi:

- fohishalar barvaqt yuzaga kelgan axloqsizlik, rashk va shafqatsiz qasoskorlik, umuman hech qanday axloqiy hissiyotlar-ning yo‘qligi va o‘zganing mulkiga hurmatsizlik, xususan altruistik tuyg‘ular va biron-bir do‘stlikning batamom mavjud emasligi bilan tavsiflanadi;



  • ularda onalik va qarindoshlik hislari umuman bo‘lmaydi;

  • fohishalar orasida ko‘pincha o‘g‘rilik va unda ishtirokchilik, shantaj keng tarqalgan bo‘lib, ular damba-dam tana daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qiladilar;

  • fohishalarga spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoq ham xosdir;

  • ularga ochko‘z hirs xosdir va shu vaqtning o‘zida ularning jinoiy ishtiyoqlari ularda jinoyat sabablari bo‘lib xizmat qilmaydi, chunki jinsiy sohada ular tez qoniqish oladilar;

  • fohishalarda uyatchanlik hissi bo‘lmaydi va ularda kekkayish kuchli ifodalangan;

  • fohishalar ba’zan hayvonlarga yaxshilik qilish va ularga mehribonlik ko‘rsatishni namoyon etadilar, bu esa ularning odatiy xudbinligi va atrofdagilarga befarqligi bilan nomuta-nosib ravishda ifodalanadi;

  • ular aql borasida cheklanganligi va bolalarga xos yaxshi etilmaganligi, tatuirovkalarga bo‘lgan muhabbat, estetik farosat va sertakallufliklari bilan ajralib turishadi;

    • fohishalar, xuddi jinoyatchilar kabi, o‘z maxsus jargonlariga ega bo‘ladilar;

  • ularda o‘yinlarga, shirinliklarga, ochko‘zlikka ishtiyoq kuchli bo‘ladi;

    • ular yalqovlikni yoqtirishadi, engiltaklik, mulohazasizlik va rejasizlik ular uchun xosdir.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə