21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə4/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
21-маъруза матни

Bo‘yinni yorib o‘tgan xanjar –- tatirovka egasi ozodlikdan mahrum etish joylarida yurib, yangi jinoyat sodir qilganligini anglatadi.

Mushuk o‘g‘rilik va bosqinchilikka moyillik.



Sher - " hokimlik timsoli", tatuirovka egasining obro‘-e’tiborga ega ekanligini anglatadi.

Qurbaqa tasvir boshning sochli qismiga tushiriladi va uning egasi lager hayotida aqli boyigan, bir necha marta sudlangan ("piyoda") va "butun ongli umrini shu botqoqda o‘tkazgan» ekanini anglatadi. Shuningdek qurbaqa tasviri ensa sohasida ham uchrab turadi, bu esa "ishonch bo‘lmasa – quvib o‘tma", ya’ni «oldindan kelishmay turib hech qanday harakatlar qilma» ma’nosini anglatadi.

Burgut kuch-qudrat, ozodlik va hokimlik timsoli. Muqad-dam «o‘g‘rilik» martabasi hisoblangan, shuning uchun hozirgi vaqtda «o‘g‘rilik qonunini hurmat qilaman» ma’nosini anglatadi.

O‘rgimchak - qoidaga ko‘ra, o‘rgimchak to‘rida tasvirlanadi va giyoxvandlarning tatirovkasi hisoblanadi. Ba’zan tatirovka egasini «hokimlik chirmab tashlagan»ligini anglatadi. Tasvir egasining badanida qanchalik yuqorida chizilgan bo‘lsa, u o‘zini shunchalik tuzatib bo‘lmaydigan deb hisoblaydi. Elkada, boshning sochli qismida va quloq suprasida uchraydi. Bu uning ozodlikdan mahrum etish joylarida uzoq muddat bo‘lganligini, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan o‘ta salbiy munosabatini ifodalaydi.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə