20- laboratoriya mashg‘uloti. Daraxtlar poyasining anatomik tuzilishini o‘rganish. (2 soat) mavzuning maqsadi



Yüklə 13,18 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü13,18 Kb.
#155495
20- LABORATORIYA MASHG\'ULOTI


20- laboratoriya mashg‘uloti.


DARAXTLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHINI O‘RGANISH. (2 soat)

MAVZUNING MAQSADI: Yopiq va ochiq urugii o‘simliklar poyasining ikkilamchi yo‘g‘onlashuvi (eniga o‘sish) ulaming o‘ziga xos xarakterli xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Buta va daraxtsimon o‘simliklarning eniga o‘sishini o‘rganish.


KERAKLI JIXOZLAR: Laboratoriya mashg‘uloti uchun zarur materiallar:
1. Qarag‘ay (Pinus Silvestris) va olma (Malus demestica) daraxtlari poyalarining ko‘ndalang kesimidan tayyorlangan tayyor preparat. 2. Floroglyusin, gliserin, yodning kaliyli eritmasi.
ISH TARTIBI: Qarag‘ay poyasi ko‘ndalang kesimidan preparat tayyorlanadi. Buning uchun qarag‘ayning bir yillik poyasidan ustara yordamida bir nechta ingichka kesmalar tayyorlanadi. Tayyorlangan kesmalardan yupqasi tanlab olinadi va buyum oynasiga qo‘yiladi. Ustiga bir tomchi suv tomizib, yopqieh oyna bilan yopiladi va mikroskopda kuzatiladi. Odatda, qarag‘ay va boshqa daraxtlarning poyasidan tayyorlangan mikropreparat maxsus bo‘yoq bilan bo‘yalmaganda ham uning ichki qismiari yaxshi ko‘rinadi. Doimiy preparatdan ham foydalanish mumkin, ammo bunday preparat mahalliy sharoitda o‘smagan o‘simlik boiishi va uning tuzilishi aynan bizning muhitda o‘suvchi o‘simlikdan tayyorlangan preparatdan farq qilishi mumkin. Mikroskopning kattalashtirib ko‘rsatuvchi obyektivida poyaning markazida ingichka po‘stli parenxima hujayralari ko‘rinadi. Bu poyaning o‘zagi. Uning atrofida yog‘ochlik - ksilemadan iborat yillik halqalar joylashgan. Ular poyaning asosiy hajmini tashkil etadi. Yog‘ochlikning ayrim qoramtir uchastkalarida mum kanallari uchrab, ular chiqindi moddalar uchun oiindiq hisoblanadi. Kanallaming devori tirik yupqa po‘stli hujayralardan iborat. Kattalashtirib ko‘rsatuvchi obyektivda yog‘ochlik traxeidlarining bir xil elementlardan shakllanganligi aniq ko‘rinadi. Yillik halqalarining katta yoki kichikligi traxeidlaming hajmi va katta-kichikligi bilan bog‘liq. Halqalaming aniq ko‘rinadigan qismi bahorda shakllangan katta bo‘shliqdagi yupqa po‘stli traxeidlar. Halqaning qoramtir qismi kuzda shakllangan mayda radial holda zich joylashgan yupqa po‘stli hujayralar tizimi. Ulardan birinchisi o‘kazuvchi naylar, ikkinchi mustahkamlik vazifasini bajaradi. Katta traxeidlaming radial devorlarida maxsus tirqishlar (pora) mavjud boMib, bunday tirqishlar faqat o‘tkazuvchi elementlar uchun xos. Traxeidlaming umumiy massasida o‘zak nurlari aniq ko‘rinadi. Ular tirik, uzun tortgan bir qator bo‘lib joylashgan hujayralardan shakllanadi. 0 ‘zak nurlarining biri o‘zakdan po‘stgacha (birlamchi nurlar), boshqalari yog‘ochlikning yillik halqasidan hosil bo‘ib, ayrim hollarda po‘stgacha etib (ikkilamchi nurlar) bormaydi. 0‘zak nurlari orqali moddalarning gorizontal yo‘nalishdagi harakati sodir bo‘ladi. Shunday qilib, qarag‘ayning yog‘ochligi barcha ochiq urug‘- lilardagi singari primitiv tuzilishli. Unda na o‘tkazuvchi naylar va na maxsus vazifani bajaradigan mustahkamlik (libriform) elementlari yo‘q. Yog‘och parenximasi esa faqat o‘zak nurlari hujayralari va mum yo‘llarining epiteliy to‘qimalaridan iborat. Yog‘ochlik bilan ikkilamchi po‘st o‘rtasidagi chegara kambial zona hisoblanadi. Ikkilamchi po‘st birlamchi va ikkilamchi floema hamda perisikl zonasidan iborat. Mikroskopda kambial zona bilan ksilema orasida mavjud chegara hamda kambial zona bilan doimiy floemaga o‘tish aniq ko‘rinadi. Kambiy hujayralari tashqi tomondan elaksimon naylarga o‘xshash ko‘rinadi. Elaksimon naylar radial qatorlar va floema siqiq holda sirtida joylashgan. Elaksimon nay bog‘amlari orasida yo‘g‘on tortgan yumaioq lub parenximasi joylashgan. Ularda kraxmal va boshqa zaxira moddalar saqlanadi. 0 ‘zak nurlari floemada ksilemaga nisbatan bir qadar katta hujayralar qatorida shakllangan. Floemaning sirt tomonida birlamchi po‘stning parenxima hujayralari joy olgan. Qoplovchi to‘qima devori po‘kaklashgan qatlam bo‘lib joylashgan hujayralar qatoridan iborat. Kuzatilganlarning surati chizilib, o‘zak, yog‘ochlik yillik halqasi, mum yoii, o‘zak nurlari biian kambial zona, biriamchi va ikkilamchi floemada ikkilamchi po‘st va floema, o "zak nuri va perisikl zonasi, birlamchi po‘st va uning tirik parenxima elementlari mavjud periderma, qoplovchi lo qima va hokazo belgilanadi.
Nazorat savollari:
1. Qubbali (ochiq urug‘li) o‘simliklaming floema va ksilema nay bog‘lamlari tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
2. Qaysi xususiyatlariga ko‘ra ochiq urug‘li o‘simliklar poyasi ikki pallali daraxtsimon o‘simliklar poyasidan farqlanadi?
3. Daraxtsimon o‘simliklar poyasi qanday tuzilgan? Ularda prokombiy qanday joylashgan?
4. Ikkilamchi po‘st nima?
5. Birlamchi va ikkilamchi po‘st kelib chiqishiga ko‘ra bir-biridan qanday farq qiladi? Ular qanday to‘qimalardan shakllangan?
6. Daraxtsimon o‘simliklarda nechta kambiy halqasi mavjud?
7. Perisikl zonasining tuzilishi haqida so‘zlab bering?
8. Yillik halqalarning hosil boiishi nima bilan bog‘liq?
9. 0 ‘zak nurlari qanday elementlardan iborat va bu elementlar qanday vazifani bajaradi?
10. Birlamchi o‘zak nurlari ikkilamchi o‘zak nurlaridan qanday farq qiladi?

2- rasm. Oddiy kiparis poyasining kesmasi.
Topshiriq:
Qarag‘ayning yo‘g‘onligi 10-12 mm keladigan novdasi ko‘ndalang kesimidan preparat tayyorlang. 2. Xuddi shu yo‘g‘onlikdagi olmaning yosh poyasidan ham preparat tayyorlang. 3. Tayyor doimiy preparatdan agar shunday preparat mavjud boisa, foydalansa ham boiadi.
Yüklə 13,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə