Tayyorlov qism
10-12 daqiqa
|
Saflanish. Salomlashish. Davomatni qabul qilib, aniqlash. Dars mavzusi va vazifalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish.
Nazariy bilim berish. Tabiat inomlari va ularni asrash.
Saf mashqlarini takrorlash.
Yuguri, yugurish mashqlarini bajarish.
Doira bo‘ib URM bajarish:
1-mashq. D.h. qo‘llar belda, oyoqlar yelka kengligida, boshni uch martadan o‘ng va chap taraflarga aylantirish.
2-mashq. D.h. qo‘llar yelkada, oyoqlar yelka kengligida, 1-4 qo‘llarni oldinga, 1-4 orqaga aylantirish.
3-mashq. D.h. o‘ng qo‘l belda, chap qo‘l pastda, oyoqlar yelka kengligida. 1-4 chap qo‘lni oldinga aylantiramiz. Qo‘llar almashadi, 5-8 o‘ng qo‘lni oldinga aylantiramiz. Shu mashqni o‘zi qo‘llarni orqaga aylantiramiz.
4-mashq. D.h. qo‘llarni oldinga uzatib, oyoqlar yelka kengligida. 1-4 tirsaklarni oldinga, 5-8 tirsaklarni orqaga aylantirish.
5-mashq. D.h. qo‘llar belda, oyoqlar yelka kengligida. 1-4 belni chap tarafga, 1-4 o‘ng tarafga aylantirish.
6-mashq. D.h. qo‘llar belda, oyoqlar yelka kengligidan sal kengroq. 1-chap oyqqa, 2-o‘rtaga, 3-o‘ng oyoqqa egilamiz, 4-D.h.
7-mashq. D.h. qo‘llar belda, oyoqlar keng yozilgan. 1-chap oyoqqa o‘tiramiz, 2-D.h., 3-o‘ng oyoqqa o‘tiramiz, 4-D.h.
8-mashq. D.h. qo‘llar uzatilgan, oyoqlar yelka kengligida. 1-chap oyoqni o‘ng qo‘lga, 2-o‘ng oyoqni chap qo‘lga tekkazish.
9-mashq. D.h. tik turish, 1-sakrab, tizzalar tagidan qarsak chalish, 2-D.h.
10-mashq. D.h. cho‘kka tushib o‘tirish, qo‘llar tizzalarda, 1-yuqoriga baland sakrab kerilish, 2-D.h.
|
1
daqiqa
|