2-mavzu. Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari


Kombinatsiyalangan raqamli o’lchash asboblari



Yüklə 298,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.10.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#127042
1   2   3   4   5   6
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 2

Kombinatsiyalangan raqamli o’lchash asboblari 
Hozirgi zamon elektronikasining elementlar bazasi keng imkoniyatlarga ega 
bo’lgan raqamli o’lchash asboblarini yaratishga imkon beradi. 
Kombinatsiyalangan raqamli asboblar (KRA) ning asosiy qismi integrallovchi 
xossaga ega o’zgarmas tok kuchaytirgichidan iborat. Kombinatsiyalangan raqamli 
asboblarning kirish qismiga o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi
qarshilik, induktivlik va sig’imni kuchlanishga o’zgartiruvchi o’zgartkichlar 


ulanadi. 
2-rasmda rezistor qarshiligini o’lchovchi raqamli asbob sxemasi keltirilgan 
bo’lib, 
R
x
 
kuchaytirgich 
K
ning manfiy teskari bog’lanish zanjiriga ulanadi. 
Kuchaytirgichni kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti juda katta bo’lgani 
uchun rezistor 
R
x
kuchaytirgichga ulanganda kuchaytirgichning chiqish qismida 
kuchlanish hosil bo’ladi. Kuchaytirgichning kirish qismidan o’tuvchi tok kichik 
bo’lganligi tufayli asosiy tok 
R
x
rezistor qarshilik orqali o’tadi. 
2-rasm. Kombinatsiyalangan raqamli asbob 
SHuning uchun kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi: 
bo’ladi. Kombinatsiyalangan SHCH-4313 rusumli raqamli asboblar 5 mV dan 500 
V gacha o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishni, 5 pA dan 500 mA gacha 
o’zgarmas va o’zgaruvchan tokni, 50 Om dan 5000 kOm gacha qarshilikni 
o’lchashga mo’ljallangan. Yuqoridagi qayd etilgan parametrlarni 4520000 Hz 
chastota diapazonida o’lchash mumkin. Bu asbobning og’irligi 3kg, gabarit 
o’lchamlari 300x70x300 mm. bo’lib, u 220 V o’zgaruvchan kuchlanishli tarmoqdan 
yoki 17,5 V li avtonom manbadan ta’minlanadi. 
Mikroprotsessor bilan boshqariladigan raqamli o’lchash asboblari 


Raqamli o’lchash asboblari tarkibida mikroprotsessorni qo’llash o’lchash 
jarayonini soddalashtiradi, ularni qiyoslashni va kalibrlashni avtomatlashtiradi, 
o’lchash natijalariga (axborotiga) statistik ishlov beradi va asboblarning metrologik 
xarakteristikalarini yaxshilaydi. 
3-rasmda raqamli 
mikroprotsessorli voltmetrni
sxemasi keltirilgan. 
3-rasm. Raqamli mikroprotsessorli voltmetr sxemasi. 
Raqamli mikroprotsessorli volbtmetrning kirish bloki masshtabli o’zgartkich 
(MO’)dan iborat bo’lib, u bir yo’la o’zgaruvchan 
(U
x
)
kuchlanishni o’zgarmas 
kuchlanishga o’zgartiradi. Keyin esa o’zgarmas tok kuchlanishi analog - raqamli 
o’zgartkich (ARO’) ga beriladi va u yerda raqam shakliga keltiriladi. Hozirgi zamon 
mikroprotsessorli asboblarda ARO’ larning ikki bosqichda integrallaydigan turlari 
keng tarqalgan. 
Kirish kuchlanishiga proportsional bo’lgan ma’lum ketma - ketlikdagi 
impulbslar soni ARO’dan 
mikroprotsessorning
(MP) interfeysiga uzatiladi. 
Masshtabli o’zgartkich (MO’) va mikroprotsessor (MP) lar o’zaro tokli impulbs 
orqali bog’lanadi. 
Mikroprotsessor integrallash jarayonini boshqaradi va raqamli axborotni 
raqamli displeyga(RD)
chiqarib beradi. Raqamli displey (RD) o’lchangan kattalikni 
va unga tegishli matnli axborotni ham yozib chiqaradi. 
Mikroprotsessorli volbtmetrlar ko’p dasturli asboblar hisoblanib, ular 
yordamida o’lchangan kattaliklar ustida barcha 
arifmetik va algebraik amallarni,
o’rtacha kvadratik chetlanish (og’ish), dispersiya, matematik kutilishlarni hisoblash 
hamda xotirlash amallarini bajarish mumkin. 
Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqariladigan SH 1531. SH 
1612. V7-39, V7- 40 rusumli hamda Germaniyada ishlab chiqariladigan 7055, 7065 
turdagi mikroprotsessorli voltmetrlar keng ko’lamda ishlatilmoqda. 

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə