2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari


ishlangan. Ganchkorlik san‘ati ayniqsa Movorounnahrda rivojlangan bo‘lib, me‘morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‘tarilgan



Yüklə 56,05 Kb.
səhifə12/15
tarix11.10.2023
ölçüsü56,05 Kb.
#127173
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

ishlangan. Ganchkorlik san‘ati ayniqsa Movorounnahrda rivojlangan bo‘lib, me‘morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‘tarilgan.


  • ishlangan. Ganchkorlik san‘ati ayniqsa Movorounnahrda rivojlangan bo‘lib, me‘morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‘tarilgan.

  • Ganch o‘ymakorligi san‘atining yuksak rivojini Termiz maqbaralari namunalarida ko‘rish mumkin. XII asrda muqarnas(stalaktita)lar yuzaga kelib ko‘pgina binolarda qo‘llanila boshlandi. Muqarnaslar bino ichkarisida taxmon va boshqa joylarni bezashda ishlatilishi e‘tiborga molikdir.

  • Ganchkorlik san‘ati VIII asrda yanada yuksaldi. Bu Afrosiyobda topilgan ajoyib ganch o‘ymakorligi ishlarida namoyon bo‘ladi. Binolar ichki qismlarini ganchkorlik san‘ati bilan bezashning XIV-XVIII asrlarda o‘ziga xos kompozitsion yechimlari mavjud. Bu davrlarda yangicha naqsh turlari yaratilib, binolarda ganch o‘ymakorligi, uzviy bog‘langan koshinlar va toshdan yasalgan bezaklar keng ishlatila boshlandi.

  • XVIII asr oxiri XX asrning boshlari ganchkorlik rivojining o‘ziga xos davri bo‘lib, uslub va texnikasi ancha murakkablashdi. Ganchkorlikda rang uygunligi o‘ziga xos joziba kasb etdi. Bezaklarning hamma turlariga xos aniq kompozitsion qonunlar ishlab chiqildi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Qo‘qon va Xiva ganchkorlik maktablari o‘ziga xosligi bilan shakllandi. Ganch o‘ymakorligi texnikasining mukammalligi yuksak darajaga ko‘tarildi. Yaxlit ko‘rinishli Marg‘ilon guldor bezaklari, Toshkentniki qat‘iy va aniq ritm asosida tuzilganligi, Xivaning dinamik o‘ma naqshlari o‘ziga xos spiralsimonligi bilan ajralib turadi.

  • Buxoroda amir Ahmad tomonidan Sitorai Moxi-Xosa (1913-1914yy) qurildi. Oq uy mehmonxomasi ichki qismida oyna zaminida bajargan ganch o‘ymakorligi o‘zining nozikligi, jimjimador qilib bezatilganligi bilan kishini hayratga soladi.

  • Gilamdo’zlik san’ati tarixi.

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishgach hayotning barcha jabhalarida islohatlar jadal suratlarda olib borildi. An‘anaviy ma‘naviy qadriyatlar qayta tiklanishi tufayli Islom tafkkurining turli jihatlariga qiziqish o‘sib bormoqda. Har kungi besh vaqt ibodat chog‘ida foydalanish uchun maxsus joynamoz tayyorlangan. Haftaning juma kunlari masjidda ibodat qilishadi. Qolgan kunlari namoz o‘qish uchun masjidga o‘xshash ramziy kichik gilamchali joynamozlar o‘taganlar.Uning xajmi kishi tik turgan va tizzasi bukilgan xollari xisobga olinib tayyorlangan. Oilaning har bir kishisi o‘z ibodat gilamchasiga ega bo‘lgan.

  • O‘rta asrlarda islom mamlakatlarida namoz uchun gilamchalar tayyorlangan. Namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan kichik gilamchalarning ilk namunalari XIV asr birinchi yarmi va XV asr ikkinchi yarmi Italiya uyg‘onish davri rassomlari J.Belliki,V.Karpaggo,L.Lotto o‘z kartinalarida turk gilamchalarini ko‘p marta tasvirlashgan. XVI-XVII asrlarda e‘ron ibodat gilamchalarining ajoyib nusxalari tayyorlangan.

  • Ibodat gilamchalari turli mamlakatlarda turlicha atalgan. E‘ronda ular -Joynamoz, Tagi nomi bilan ma‘lum. Arabiston va Turkiyada kichik ibodat gilamchalari Sajjod, Katta joynamoz, ―Namozlik, O‘rta osiyoda esa ―Joynamoz va ―Namozlik deb yuritiladi. Ibodat gilamchalari saroy ustaxonalarida, qishloqlarda ham rassom naqqoshlarning xomaki chizmalari asosida tayyorlangan. Lekin ibodat gilamchalari kim va qayerda tayyorlangan bo‘lishidan qatiy nazar ,unga albatta peshtoqli mexrob tasvirlanishi shart bo‘lgan.

Yüklə 56,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə