MAVZU: MUSTAQILLIKKA
ERISHISH ARAFASIDA
O’ZBEKISTONDAGI
IJTIMOIY-SIYOSIY
JARAYONLAR
REJA:
•
1. XX ASR 80-YILLARI O’RTALARIDA RESPUBLIKA
IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MA’NAVIY HAYOTIDAGI
INQIROZLI HOLAT
•
2. MARKAZNING O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRGAN
QATAG’ON SIYOSATI. “PAXTA ISHI”, “O’ZBEK ISHI”
•
3. AHOLI TURMUSH TARZINI OG’IRLASHUVI. OROL
FOJIASI.
1. XX ASR 80-YILLARI O’RTALARIDA RESPUBLIKA
IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MA’NAVIY HAYOTIDAGI
INQIROZLI HOLAT.
XX asrning 70-yillarda boshlangan turg’unlik holati 80-yillarning o’rtalarida ijtimoiy-siyosiy tanglikni yanada
kuchaytirdi. Bu moddiy boyliklarni taqsimlash jarayonida davlat monopoliyasi va boshqaruv tizimi
hukmronligining kuchayishi natijasida ishlab chiqarish sur’atlari va mehnat unumdorligining pasayishiga,
mehnatkashlarning o’z mehnatlari samaralaridan begonalashuviga olib keldi.
Boshqaruv tizimining o’ta markazlashtirilganligi, siyosiylashtirilganligi ijtimoiy adolat printsiplarining
buzilishi va iqtisodiyotda jiddiy nuqsonlarga olib kelishi natijasida sarf-xarajatlari tobora oshib borgan,
tufayli sovet hukumati bir qator islohotlar o’tkazishga majbur bo’ldi.
Partiya rahbarligi va ma’muriy buyruqbozlik tizimiga bo’ysundirilgan tizim doirasida iqtisodiyotning
mafkura izmiga to’la bo’ysundirilishi sharoitida qilingan islohotlar kutilgan natijani bermadi. SHu davrda
ta’lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot ishlarining miqdoriy ko’rsatkichlari qanchalik yuqori bo’lmasin, ular markazga
Dostları ilə paylaş: |