2-mavzu: marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi reja



Yüklə 32,57 Kb.
səhifə7/8
tarix19.09.2023
ölçüsü32,57 Kb.
#122374
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu 2023

Qisqacha xulosalar
Marketing konsepsiyasining shakllanishiga ilmiy-texnik taraqqiyot, ularning tez sur’atlar bilan yangilanib turishi, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va hokazolar katta ta’sir ko’rsatdi. Marketing evolyusiyasining birinchi bosqichi XX asrning boshidan 30-yillarning o’rtalarigacha, ikkinchi bosqichi esa 30 yillarning o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigachani, uchinchi bosqichi esa 80-yillarning o’rtalaridan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Marketing evolyusiyasining birinchi bosqichida ketma-ket ikki konsepsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni takomillashtirish konsepsiyalari.
Marketing evalyusiyasining ikkinchi bosqichida tijorat faoliyatini jadallashtirish va marketingning umumiy konsepsiyalari (marketing-mikc) vujudga keldi. Bu konsepsiyalarda asosiy e’tibor tovarni sotishga va iste’molchilarga qaratilgan.
Hozirgi kunda marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olish zaruriyati ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasining (societal marketing) rivojlanishini keltirib chiqardi. Bugungi kunda atrof-muhitning ifloslanishi, aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi marketingning ana shu konsepsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Bu konsepsiya firmaning foydaliligi, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi va jamiyat manfaatlari kabi uch omilning o’zaro uyg’unlikda bo’lishini talab qiladi.
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib marketing nazariyasida ham bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. XX asrning oxirida jamiyat hayotini axborotlashtirish, internetni keng kirib kelishi korxonalarning xaridorlar bilan bevosita munosabatda bo’lish imkoniyatini yaratdi. XXI asrning boshlarida esa marketing faoliyatiga ham raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bu davrdan boshlab har bir iste’molchi bilan individual ishlash imkoniyatlari paydo bo’ldi. Ommaviy marketingdan alohidalashgan marketingga o’tish kuzatildi.
Marketing-miks — bu bozorning murakkabligi va harakatchanligiga mos keladigan ko’p o’lchamli marketing strategiyasini har xil birikmalar va bog’lanishlarda ishlab chiqishga imkon beradigan turli xil marketing qurollari to’plamidir.

Yüklə 32,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə