2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari reja



Yüklə 304,63 Kb.
səhifə13/14
tarix26.10.2023
ölçüsü304,63 Kb.
#132175
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 -mavzu

Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar muhim o'rin tutishi sababli ulaming asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatli qog'ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o'rtasida turib, unga bo'lgan talab va taklifni bir-biriga bog'laydi. Birjaning barcha shakllarida kelishuvning o'ziga xos belgisi tovar, aksiya va valyuta kurslariga, narxning tebranib turishiga chayqov yo'li bilan ta'sir qilishdir.
Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to'g'risida bitim tuzadi, lekin tovami etkazib berish va uning haqini to lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni broker (dallol)lar yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig'iga ko'ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o'z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
A uksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro'yxati bo'yicha, ommaviy sotuvga qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi.
Auksion e'lon qilingan vaqtda va ma lum davrda o'tkaziladi. Auksionlar – alohida xususiy atlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayy an joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro'yxatda ko'rsatilgan tartibda savdoga qo'yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san'at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma lum vaqtda o'tkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o'rtasida yuz berib, unda bevosita iste'molchi qatnashmaydi.
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim- kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Ko'p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o'z nomidan va ko'pincha o'zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug'urta xizmati ko'rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o'rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporasiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanadigan turlarga bo'linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug' ullanadi. Ulgurji savdo firmalari ~ ulgurji holda (katta partiyalarda) tovarlarni o'z mulkiga sotib olib, iste'molchilarga sotuvchi savdo tashkilotlari. Chakana savdo firmalari - tovarlarni so'nggi i ste'molchilarga sotuvchi savdo muassasalari. Ular mustaqil do'konlar, maxsus do'konlar va supermarketlardan iborat bo'ladi.

Yüklə 304,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə