2. Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash shakllari va metodlari. Reja



Yüklə 18,19 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü18,19 Kb.
#139495
  1   2
2-Ma\'ruza (1)


2.Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash shakllari va metodlari.
Reja:
1.Bolalarni maktabga tayyorlash shakllari.
2. Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni..
3.Bolalarni maktabga tayyorlash vositalari.
Respublikada maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha qabul qilingan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” tayanch dasturi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdek zarur ishni ta’minlaydi. Ya’ni, bu o‘rinda maktabgacha ta’1im tashkiloti va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari orqali ta’minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g‘oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab o‘rtasida izchillikni ta’minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o‘zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo‘yi1adigantalablargayo‘na1ganligi.
-Bola shaxsini bosh1ang‘ich ta’lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifatjihatidan shakllantirish. Bunda asosan maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabdagi pedagogik jarayonda ta’lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta’minlovchi yaxlit, dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab o‘rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va-sinf bolalalariga ta’lim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi, shunga ko‘ra maktab ta’limiınining yangi sharoitlariga o‘tish bola uchun sezilarsiz bo‘1gan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta’minlanadi, bu esa o‘quvchilarga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta’lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan- tirishga yo‘nalaganligi ularo‘rtasida ta’lim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shakllari, ma’naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang‘ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o‘quvchilarda rivojlantirishdagi ma’naviy hatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi. Maktab maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilik xususiyatlarini sifatjihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, o‘quvchi shaxsi jamoatchilikgayo‘na1ganligini qaror toptirishni ta’minlaydi. Maktab o‘quvchilarda yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy istiqlol g‘oya1ari, o‘z vatani oldidagi o‘zburchlarini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. Bularning asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan ota-onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, tabiatni sevish, uni asrash kabilar tashkil etadi. Maktab ta’limida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar davom ettirilib, o‘quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko‘ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at darslarida, badiiy faoliyat turlarida amaliy ko‘nikma1ar takomillashtiriladi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta’limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi. Maktabgacha ta’Iim tashkiloti va maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ish mazmunini belgilovchi dastur aloqasi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va boshlang‘ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslash ular o‘rtasida ma’lum izchil aloqa borligini ko‘rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Maktab va maktabgacha ta’1im tashkiloti dasturlariga asos qilib olingan falsafiy va psixologik nuqtayi nazarlar birligi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi prinsiplar birligi (mazmunning tarbiya maqsadi va vazifalariga muvofiqligi, ilmiyligi, ta’1imning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari). Fanlar o‘rtasidagi izchillik. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabda ona tilining boshlang‘ich kursini o‘qitishga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirib borish g‘oyasi asos qilib olingan. Maktabgacha ta'1im tashkilotida lug‘atni rivojlantirish, tovush madaniyatini shakllantirish, nutqninggrammatik tuzilishini shakllantirish, bog‘lanish1i nutqni shakllantirish, ijodiy hikoyaqilish,badiiy adabiyot bilan tanishtirish, o‘qish va savodga tayyorgarlik, oddiy tahlil va sintezqilishko‘nikmalari rivojlanadi. Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi: –Yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakllantiriladi.
Morfologik va sintaksis elementlar o‘rganiladi. Maktabgacha ta’1im tashkilotlarida boshlangan lug‘at boyligini yanada oshirish, nutqning ifodaliligi va mantiqiyligi ustidagi ish maktabda davom ettiriladi. Maktabgachata’limtashkilotida elementar matematik bilimlarni rivojlantirishda bolalarning mantiqiytafakkuriniva hisoblash malakasini o‘stirish bo‘yicha o‘nlik tartibini aniqlash, yigirmagachabo‘lgansonlarni to‘g‘ri sanash, misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalabberish, biramali masalalarni qo‘shish va ayirish orqali tuzish va yechish, shartli o‘1chovyordamidapredmetlarni o‘1chash, yil va hafta kunlari, ularning ketma-ketligi, kundalikfaoliyatlarinitaqsimlash, vaqt, butun va qism haqidagi bilimlari maktabda takomillashtiriladi. Maktabgachata’liın tashkiloti va boshlang‘ich sinflardagi tabiatshunoslik bilimlari llar ikkala holatdahamorganizm va muhit birligiga tayanadi. Jonli va jonsiz tabiat hodisalari, tabiat kishilarmehnatining bir-birini taqozo etishi shu asosda qaraladi. Maktabgacha ta'1imtashkilotivamaktabda o‘qitish izchilligi asosini tashkil etuvchi yagona nazariy yondashuvlar, dasturlarmazmunida, bolalalar imkoniyatlari va bilimlarining tuzilishlarini hisobga olib turlichahal etiladi.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlarining asosiy mazmunini atrof dunyo haqidagi xilma-xiltasavvurlarning keng doirasi va ayrim elementar tushunchalar tashkil etadi. Voqelikningturlisohalari haqidagi tasavvurlarning umumiy tizimi bolaga dunyoni to‘g‘ri anglay olishvaumumiyrivojlanishning zarur darajasini ta’min1aydi, bu esa zamonaviy ta’1immazmunini egallashgakatta imkoniyat yaratadi. Maktabda o‘quvchilar bilimlarining mazmuni yuqori darajagako‘tarilaborib, voqelikning turli sohalariga oid bilimlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishjarayoni faol sodir bo‘ladi, ayni shu vaqtda o‘quvchilar oldiga bilimlarni nazariynuqtayi nazardan anglash masalasi ko‘nda1ang qo‘yi1adi. Maktabning ta’limiy jarayonida o‘quvchi1ardailmiy tushunchalarni shakllantirish bosh vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarning dunyohaqidagibilimlarini tabaqalashtirish l-sinfdan boshlab, fanni o‘tishda, fan asoslarini maqsadli o‘rganishdao‘z aksini topadi. Bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish, tizimli hamda ilmiy tushunchalarnio‘z1ashtirishda o‘qishda qo‘11aniladigan metod va shakllarning ahamiyati kattadir. O‘qitish metodlardagi izchillikning sharti ularlıi bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini ongli, mustaqil egallashlari, bolalarni maktabda va maktabgacha ta’lim tashkilotida ham aqliy qobiliyatlari va ijodiy faolliklarini rivojlantîrishga yo‘nalgan1igining birligidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘llaniladigan o‘qitish metodi va usullari bolalarning keng aqliy hamda ma’naviy-irodaviy rivojlanishlariga yordam beradi va shu orqali ularning yangi mazmunini egallashga darsda o‘qituvchi bilan ıııurakkabroq o‘zaro aloqa shakllariga tayyorgarliklarini ta’min1aydi. Mashg‘ulot1arda tarbiyachining bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik usullaridagi bu istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mashg‘ulot bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta’limning asosiy shakllari sifatida ulargagina xos bo‘lgan ichki umumiy xususiyatlar majmuiga egadir. Bularga: –Mashg‘u1ot va darsning mazmunan dasturlashganligi va vaqt jihatdan cheklanganligi. – Ta’1imda pedagogning yetakchi roli.
– Ilmiy asoslangan o‘qitish metodi va usullaridan foydalanish. –Ta’lim jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llash. Bu umumiy xususiyatlar ta’lim shakllaridagi izchillik uchun zamin yaratadi. Maktabgacha ta’1im tashkilotidagi o‘qitish jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatning dastlabki elementlari tarkib toptiriladi, o‘z hatti-harakatlarini ixtiyoriy boshqara olish ko‘nikma1ari, maqsadga yo‘nalgan aqliy faoliyat takomillashadi, bu esa bolaning maktab ta’limining yangi sharoitlariga faol kirishib ketishi uchun zarur bo‘lgan psixologik jihatdan tayyorlaydi. Bola hayotida maktabdagi o‘qitish jarayoni atrofdagilar bilan munosabat tizimini o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv faoliyati bola hayotida markaziy o‘rinni egallaydi. Bunda erkin o‘yin faoliyatini farqli ravishda majburiy faoliyat egallaydi. Endi 1-sinf o‘quvchisidan quyidagi jiddiy munosabatlar talab etiladi: Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolalar kundalik hayot jarayonini qayta quradilar; Kun tartibi o‘zgaradi; Erkin o‘yinlar vaqti qisqaradi; Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi, intizomliligiga talab ortadi; O‘quvchining o‘z hatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga mas’uliyati ortadi. O‘quvchining bu yangi holati uning shaxsini alohida ma’naviy jihatdan yo‘nalganligini yaratadi. Unda o‘z Vatani, oilasi va kishilar oldidagi burch va majburiyatlarni anglayolish, mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. O‘quvchi o‘zining jamiyat uchun kerakligini tushuna boradi. Xulosa qilib, bolaning maktabda o‘qishga ma'naviy-axloqiy tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlantirishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. U maktab ta’limi nuqtayi nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o‘z mazmuniga ko‘ra bolaning maktab sharoitiga moslashish, o‘z majburiyatlarini mas’uliyatli bajarish, o‘qituvchi va o‘quvchilarga nisbatan axloqiy munosabatini shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi.

Yüklə 18,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə