2. Gemotoksilin va eozin bilan bo'yash


Bo'yash usullari. Gematoksilin va eozin bilan bo'yash



Yüklə 14,66 Kb.
səhifə2/4
tarix21.02.2022
ölçüsü14,66 Kb.
#83982
1   2   3   4
3Mavzu

Bo'yash usullari. Gematoksilin va eozin bilan bo'yash.
Gematoksilin va eozin bo'yoqlari bilan bo'yash eng ko'p qo'llanadigan usul bo'lib, bundan
deyarli hamma to'qimalami bo'yashda foydalaniladi.
Gematoksilinning turlari ko'p. Bulardan kvasts gematoksilin ko'proq ishlatiladi. Bunng
uchun 2 g gematoksilinni 100 ml 96° li spirtda eritib, bunga 100 ml distillangan suv, 100 ml toza
glitserin, 3 g kvasts kaliysi va 10 ml kontsentrik sirka kislota qo'shiladi. Gematoksilin tola
oksidlanishi uchun bu eritmani havo kiradigan yorug' joyda 15 kun saqlanadi. Bu vaqtda
gematoksilin yetishib, to'q qizil rangga kiradi. Bunday gematoksilin har doim tayyor holda
saqlanishi kerak.
Eozin ko'pincha suv yoki spirt eritmasi holida ishlatiladi. Buning uchun 0,1 g eozinni 100
ml distillangan suvga solinadi. yetishgan gematoksilin gistologik kesmalarni 5-6 minutda, eozin
esa 1-2 minutda bo'yaydi.
Tayyorlangan tselloidinli yoki parafinli kesmalarni suvdan olib, buyum shisha ustiga
alohida-alohida qo'yiladi va bo'yaladi yoki ularni ko'plab shisha idishga solib gematoksilinda va
eozinda bo'yaydilar.
Avval kesmalarni gematoksilin bilan 5-6 minut bo'yaladi, so'ngra ularni vodoprovod
suvida yuviladi. Keyin kesmadagi suvni filtr qog'ozga shimdirib olib, eozin bilan 1-2 minut
bo'yaladi. Bu ishlar tugagach, kesmalarni oqar suvda keyin distillangan suvda 2-3 minut
yuviladi.
Yuvilgan kesmalarni yaxshilab suvsizlantirish kerak. Buning uchun ularni 70° li, so'ngra
96° li spirtda 3-5 minut saqlanadi va kesmalarni tiniqlatish uchun 2-3 minut karbol ksilolli
idishda saqlanadi. Natijada bo'yalgan kesmalar tiniq ko'rinadi (karbol-ksilolni tayyorlash uchun 1
hissa karbol kislotasiga 3 hissa ksilol qo'shiladi). Shunday yo'l bilan bo'yalgan gistologik
kesmalarni buyum shishaga olib tekislanadi va uning ustiga bir tomchi kanada yoki pixta bal
zamini tomiziladi, so'ngra buning ustiga ehtiyotlik bilan yopqich shishaning qirrasini qo'yib
yopiladi va shpatel bilan biroz bosiladi. Bunda yopqich shisha atrofiga chftjqan bal zamni latta
bilan artiladi. Shunday yo'l bilan tayyorlangan gistologik kesmalarni, ya'ni mikropreparatlarni
mikroskop ostida tekshiriladi. Bu preparatlarni uzoq vaqtga qadar saqlab undan foydalanish
mumkin.

Yüklə 14,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə