2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə1/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA


2 – MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOT BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI
Qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar
Eramizdan oldingi IV mingyillikning oxiri III-mingyillikning boshida Qadimgi Misr madaniyati o‘z taraqqiѐtining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, dunѐ haqidagi fanlar bo‘lgan - Astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Eng muhim ilmiy yutuqlar (hisobning oltmishtalik tizimi, yilning uzunligi, geometrik shakllar hajmining hisoblab chiqilishi va boshqalar) amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xo‘jalik yuritishda qo‘llanilar edi.
Qadimgi Misr falsafiy tafakkur Qadimgi Yunoniston saviyasiga erishmagan bo‘lsa ham, ularning yutuqlari Ellada madaniyatiga oz ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Masalan, eramizdan oldingi I-nchi ming yillik o‘rtalarida fir’avnlar yunoncha turmush tarziga rioya etar edilar, ularning ko‘plari yunonlilar bilan qarindoshchilik iplari bilan bog‘langan edilar. Yunonlilarga Misrda umumiy turarjoylar tashkil etishga ruhsat etilgan edi. Ular ilm-fan va falsafada misrliklarni juda ham orqada qoldirib ketgan vaqtlarida ham, Misrga donishmandlik manbasi sifatida qarab, unga bo‘lgan o‘z hurmatlarini saqlab qoldilar.
Qadimgi Bobildagi falsafiy qarashlar
Qadimgi bobilliklar ilm-fan bilan kohinlar shug‘ullanar edilar. Ilm-fan bilan shug‘ullangan bobilliklar umuman dunѐga afsonalar orqali qarar edilarki, bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun yulduzlar turkumlari guruhlariga bo‘lib chiqqanliklari va oqibatda ularni mistik-matematik ramzlar bilan belgilanganliklari guvohlik beradi.
Qadimgi Bobilda topilgan, adabiy ѐdgorlikdan biri «Xo‘jayinning o‘z quli bilan haѐtining mazmuni haqida suhbati» degan adabiy ѐdgorlikda birinchi tomondan xudolarga ishonish, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo‘lsada, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida bo‘lsa-da, dunѐviy bilimlar, ilmiy qarashlar xam asta-sekin shakllana boshlagan. Bu qarashlar insoniyat falsafiy fikrlari rivojlanishidagi muhim «qadamlar» bo‘ldi.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə