2 – Ma’ruza Mavzu: Kesishuvchi kuchlar sistemasi


§ Statika masalalarini echish



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü29,42 Kb.
#136693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18 – 03 Транспорт воситаларини ишлатиш ва таoмирлаш-fayllar.org

2.4 § Statika masalalarini echish
Statika qismida asosan quyidagi ikki turdagi masalalar echiladi:
1) jismga ta’sir etayotgan kuchlarning barchasi oldindan (qisman yoki to‘liq) ma’lum bo‘lib, kuchlarning qaysi hollarida yoki ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lgan holatlarida jism muvozanatda bo‘lishi aniqlanadi (4, 5- masalalar);
2) jismning muvozanat holati oldindan ma’lum bo‘lgan holda, shu jismga ta’sir etayotgan kuchlarning hammasi yoki ularning ma’lum bir qismini aniqlanadi (6,7 va 8 masalalar). Statikaning barcha masalalarida bog‘lanishlar reaktsiya kuchlari oldindan noaniq bo‘ladi.
Statikaning masalalarini echishdan oldin, izlanayotgan noma’lumlarni aniqlashda qaysi jismning (yoki jismlarning) muvozanat shartlarini tekshirilishini aniqlab olish lozim. Statika masalalarini echish quyidagi bosqichlar (amallar)dan iborat bo‘ladi.


1. Muvozanat sharti tekshirilayotgan jismni (yoki jismlarni) aniqlash.
Masalalarni echishdan oldin berilgan yoki izlanayotgan noma’lum kuchlar qaysi jismga qo‘yilayotganligi aniqlanadi. (Masalan, agar tayanchga tushayotgan bosim kuchini aniqlash zarur bo‘lsa, shu tayanchga ta’sir qilayotgan jismning muvozanat shartlarini aniqlash lozim bo‘ladi).
Agar berilgan kuchlar jismning bir qismiga ta’sir etib, izlanayotgan noma’lum kuchlar jismning boshqa qismida bo‘lsa, yoki berilgan kuchlar va izlanayotgan noma’lum kuchlar bir necha qismlardan tashkil topgan jismga ta’sir etayotgan bo‘lsa, jismni bir necha qismlarga ajratish yoki ularning muvozanat shartlarini birin-ketin tekshirish lozim bo‘ladi.
2. Ta’sir etuvchi kuchlarni shaklda tasvirlash.
Qaysi jismning muvozanat shartini tekshirish kerakligini aniqlab olganimizdan keyin (faqat shundan keyin), shu jismga qo‘yilgan barcha tashqi kuchlarni va bog‘lanishlarning noma’lum reaktsiya kuchlarini vektor shaklida tegishli nuqtalarga qo‘yilgan holda tasvirlash kerak. Bog‘lanish reaktsiyalarini tasvirlashda 3§ da aytilgan qoidalarga rioya qilish lozim.



Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə