17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#164490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
17-mavzu Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja-hozir.org

Metodik talablar jumlasiga:
  • har bir darsning ta’limiy maqsadlari va uning darslar sistemasida tutgan oʻrnini aniq belgilash;


  • oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi, oʻqitish maqsadlari, oʻquv dasturining talablariga mos holda oʻquv materialini optimal darajada tanlash;


  • darsda rivojlantiriladigan umumiy va shakllantiriladigan xususiy biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan koʻnikma va malakalar, kompetensiyalarni aniqlash;


  • darsning har bir bosqichini amalga oshirish maqsadida oʻqitishning samarali metodlari, vositalari, bilimlarni nazorat qilish va ragʻbatlantirish metodlarini aniqlash va ularni uygʻunlashtirish orqali oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;


  • darsda oʻquvchilarni yalpi oʻqitish bilan bir qatorda yakka va kichik guruhlarda mustaqil ishlarini tashkil etish orqali ularda tahsil olishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini orttirish, mustaqillikni rivojlantirish kabilarni kiritish mumkin.





Darsga qoʻyiladigan tarbiyaviy talablar:
  • oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-ahloqiy, aqliy, gigienik, jismoniy, jinsiy, iqtisodiy tarbiya berish, estetik tuygʻu,


  • mehnatsevarlik,ijodkorlikni, estetik madaniyatni tarkib toptirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy maqsadlarining aniq qoʻyilishi;


  • oʻquvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil oʻzlashtirish koʻnikma va malakalari, biologiyani oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini rivojlantirish, ularning faoliyatidagi ijodiy faollik va tashabbuskorlikni ragʻbatlantirish;


  • oʻqituvchi tomonidan yuqori darajadagi pedagogik takt va muloqot madaniyatiga amal qilish kabilarni oʻzida mujassamlashtiradi.




Darsga qoʻyiladigan tashkiliy talablar oʻz ichiga quyidagi:
  • mavzuli reja asosida darsning ilmiy-metodik saviyada loyihalangan ishlanmasi mavjudligi;


  • mavzuga oid tarqatma va didaktik materiallar, oʻquvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun oʻquv topshiriqlari, differentsial topshiriqlarning tuzilganligi;


  • vaqtdan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish uchun darsning texnologik xaritasining mavjudligi;


  • oʻqitish vositalarining mavjudligi va ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyilishi kabilarni oladi.


Texnologiya oʻqituvchisi ushbu talablarni yaxshi bilishi, darslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda, albatta, ularga amal qilishi lozim.





  1. Yüklə 36,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə