17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar


Shaxsiy varaqchaning tarkibiy qismlari



Yüklə 139,27 Kb.
səhifə4/7
tarix05.05.2023
ölçüsü139,27 Kb.
#108744
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu G\'ayratjonov Bekzodjon

Shaxsiy varaqchaning tarkibiy qismlari:

  1. Umumiy ma'lumotlar

  2. Harbiy hisobdagi tegishli ma'lumotlar

  3. Ishga tayinlanishi va boshqa ishga o’tkazilishi

  4. Ta'til

  5. Qo’shimcha ma'lumotlar

Yuqorida sanab o’tilgan shakllardan tashqari mehnat va kadrlarga oid hujjatlarga quyidagilar kiradi:

Boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq xodim bir tuzilmaviy bo’linmadan boshqasiga o’tkazilayotganda rasmiylashtiriladi. Buyruqqa avvalgi va yangi ish joyidagi tuzilmaviy bo’linmaning rahbarlari tomonidan kelishilganlik vizasi qo’yiladi va u tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Ta'til taqdim etish to’g’risida xat qonunchilikka muvofiq holda xodimga taqdim etiladigan har yillik va boshqa ta'tillarni rasmiylashtirish uchun qo’llaniladi. Mazkur xatga asosan shaxsiy varaqaga belgi qo’yiladi va ta'til uchun ish haqi hisob-kitob qilinadi. Ish xaqi to’lanmaydigan ta'til taqdim etilganda ta'til kunlari ko’rsatilgan joyning yonida ―Haq to’lanmaydigan‖ deb ko’rsatiladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruq xodim ishdan bo’shatilganda qo’llaniladi. Unga tuzilmaviy bo’linmaning rahbari tomonidan kelishilganlik belgisi (viza) qo’yiladi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Xodim o’z xohishi bilan ishdan bo’shaganda u arizani rasmiylashtiradi. Buyruqqa asosan buxgalteriya xodim bilan hisob-kitob qiladi.
Shaxsiy hujjatlar yig’majildi – xodim to’g’risida batafsil ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar to’plami. Bunday yig’majildlar muassasa faoliyatini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
Unda quyidagi hujjatlar raqamda ko’rsatilgan tartib bilan saqlanadi:

    1. hujjatlar ro’yxati- yig’majilddagi hujjatlar ichki ro’yxati;

    2. ishga qabul qilish to’g’risida ariza, yo’llanma yoki tavsiyanoma;

    3. kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa;

    4. tarjimai hol;

    5. ma'lumoti to’g’risidagi hujjatning nusxasi;

    6. tavsifnomalar;

    7. buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, ishdan bo’shatish haqida) dan ko’chirma;

    8. kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqaga qo’shimchalar;

    9. rag’barlantirishni hisobga olish bo’yicha qo’shimchalar;

    10. mazkur xodimga taaluqli ma'lumotnoma va boshqa hujjatlar

Shaxsiy hujjatlar yig’majildining boshlang’ich sanasi sifatida ishga qabul qilish to’g’risidagi arizaning sanasi olinadi, yakuniy sanasi esa – ishdan bo’shatish to’g’risidagi buyruqning sanasi hisoblanadi.




(ташкилот номи)




Shaxsiy varaqcha№


      1. Yüklə 139,27 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə