15-mavzu: Matn va diskurs nazariyasi Reja



Yüklə 54,72 Kb.
səhifə1/11
tarix30.05.2022
ölçüsü54,72 Kb.
#88391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-mavzu (5)


15-mavzu: Matn va diskurs nazariyasi

Reja:
1. Diskurs tushunchasi va uning mohiyati.
2. Diskurs, matn va kontekst munosabati.
3. Diskursning asosiy kategoriyalari.
4. Diskursni modellashtirish masalasi.
Adabiyotlar:

  1. Boduen dе Kurtеne I.A. Izbranniе trudi po obo‘еmu yazikoznaniyu. - M.: Izd-vo AN SSSR, 1963.t 2.-391 s.

  2. Bozorov O.O. O‘zbеk tilida gapning kommunikativ (aktual) tuzilishi. NDA.- Farg‘ona, 2004. – 21b.

  3. Bondarko A.V. Vrеmеnnaya lokalizovannost. V kn.: Tеoriya funktsionalnoy grammatiki. - L.: Nauka, 1987.-S. 210-233.

  4. Borbotko V.G. Printsipi formirovniya diskursa. Ot psiхolingvistikе k lingvosinеrgеtikе. - M.: Kom Kniga, 2007.-288 s.

  5. Budagov R.A. Yazik – rеalnost – yazik. – M.: Nauka, 1983. -262 s.

  6. Budagov R.A., V kakoy mеrе «Lingvistika tеksta» yavlyaеtsya lingvistichеskoy? V kn.: Budagov R.A. Filologiya i kultura.- M.: Izd-vo MGU, 1980.-S.77-86.



Tayanch so‘z va iboralar: diskurs, diskurs birliklari, adresant, adresat, so‘zlovchi, tinglovchi, kommunikativ nutq, nutq vaziyati, samarali va samarasiz nutq.
Diskurs tushunchasi va uning mohiyati
Zamonaviy tilshunoslikda yangi yo‘nalishlar sifatida tan olingan pragmatik va kognitiv tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri diskurs masalasidir.
Diskurs lotincha discursus – muhokama so‘zidan olingan bo‘lib, hissiy, bevosita, intuitiv, ya’ni muhokamatalab bilimdan farqli o‘laroq, muhokama orqali vosita bilan hosil qilinadigan mantiqiy dalil – isbotli bilim demakdir1. Diskurs tushunchasi lingvistik atama sifatida o‘tgan asrning o‘rtalarida tilshunoslikka kirib keldi. Tilshunoslikda u dastlab gap yoki nutqda bog‘langan va kelishilgan oqibat sifatida tushunilgan bo‘lsa, zamonaviy lingvistikada murakkab kommunikativ hodisa sifatida izohlanmoqda.
Tilni pragmatik nuqtai nazardan tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlarda diskurs atamasi sakkiz xil ma’noda qo‘llangan: 1) so‘z muqobili; 2) frazalardan o‘lchami bo‘yicha ortadigan birlik; 3) nutq vaziyati hisobga olingan holda fikrning adresatga ta’siri; 4) suhbat; 5) nutqda so‘zlovchi pozitsiyasi; 6)lisoniy birliklardan foydalanish; 7) fikrning ijtimoiy yoki mafkuraviy cheklangan turi; 8) matn hosil bo‘lish shartlarini tadqiq etishga mo‘ljallangan nazariy qurilmalar.2
Golland tilshunosi T. A. van Deyk diskursni bir nechta darajada ko‘rib chiqishni taklif qiladi. U keng ma’noda diskursga kompleksli kommunikativ voqea, tor ma’noda esa kommunikativ harakatning yozma yoki nutqiy verbal mahsuloti sifatida qarash lozimligi haqida fikr bildiradi. Ta’kidlash kerakki, T.A. van Deyk diskurs va matn o‘rtasidagi farqni shunday belgilaydi: diskurs – aktual aytilgan matn, ya’ni faol nutqiy harakat, matn esa til tizimiga yoki shakliy lisoniy bilimlarga tegishli fikrlarning mavhum grammatik tuzilishidir. Diskurs – aniq suhbat, aniqlik esa diskurs tushunchasi qo‘llanadigan vaziyatga, matnga va obyektga ham birday taalluqlidir. Diskurs – suhbat turi3.
Diskurs janr kabidir. Nutqiy janr – tipik tuzilishi, lisoniy vositalardan foydalanishning o‘ziga xosligi, aniq adresat, ma’lum kommunikativ maqsad va informativlik, imperativlik, etiketlik kabi jihatlari bilan ajralib turuvchi nutq turi hisoblanadi4.
Diskursning ijtimoiy tabiati yangilikli diskurs, publitsistik diskurs, siyosiy diskurs, ilmiy diskurs, badiiy diskurs, baholovchi diskurs kabi yangi tushunchalarning yuzaga kelishiga imkon beradi. Talqin va izohlarning xilma-xilligi diskurs tushunchasining ko‘p qirrali va keng qamrovli ekanligini ko‘rsatadi. Insonning nutq orqali amalga oshadigan barcha ijtimoiy faoliyati diskursiv xarakterga ega. Nutqning ijtimoiy mohiyati matn bilan bog‘langan bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari matnning u yoki bu ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. U aniq sotsiopragmatik matnda amalga oshiriladigan, murakkab maqsadga yo‘naltirilgan nutqiy harakat sifatida bir tomondan, nutqning tarixiyligi bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiyligi bilan, uchinchi tomondan, mafkuraviyligi bilan bog‘liq. Ma’lum bir individual diskursning alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi nutqning lingvopragmatik tabiati to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beradi.



Yüklə 54,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə