15 maktabgacha ta’limda psixologik xizmatning ustuvor vazifalari saipova Mexrixon



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix13.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#127763
1   2   3   4
maktabgacha-ta-limda-psixologik-xizmatning-ustuvor-vazifalari (1)

18 
bolada kognitiv ta'lim jarayonlari va kontseptsiyani shakllantirishning ahamiyatini tan 
olish uchun asos yaratdi. J. Piaje shuningdek, zarur ko'nikmalarni o'rganish uchun qulay 
muhit muhimligini ta'kidlaydi.Ularning tushunish va nutqini yaxshilash uchun tinglash 
va til o'yinlari mavjud.
Bolalar bog’chalarida matabgacha ta’lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan 
psixologik xizmatning asosiy mazmuni ishlab chiqilgan bo’lib,uning asosiy 
maqsadi,tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchilarni umumiy va maxsus ta’lim maqsadlariga 
erishishlarida ularni qo’llab quvvatlashdan iborat. Psixologik xizmatning yana bir 
maqsadlaridan biri bolalarning jinsi, ijtimoiy va madaniy kelib chiqishi, didi, millati, 
jismoniy va ruhiy tuzilishdan qat’iy nazar, ularning optimal rivojlanishiga yordam 
berishdir. 
Psixologik xizmat bolalarni qo’llab –quvvatlaydi; eng yaxshi rivojlanish uchun 
maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilish,bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tkazish 
bilan bog’liq masalalar bilan guruhda moslashish va hamkorlik qilish bilan bog’liq 
muammolarini hal qilish uchun va rivojlanish muammolarini hal qilish vazifalarini 
bajaradi. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida bolaning emotsional 
ruhiy holati, ijtimoiy tajribasi, turli ta’sirlarga chidamliligi o’z-o’ziga bo’lgan ishonch 
qaror topganligi, o’zini-o’zi rivojlantirishga motivatsiyani hosil qilish muhim 
ahamiyatiga ega. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sog’lom 
psixologik muhit bolalarni o’zlarini emin –erkin his qilishlariga, o’z nuqtai nazarlarini 
bemalol bildirishiga va uni himoya qilishiga, atrofdagilar bilan samarali muloqot 
qilishlariga va eng muhimi guruhdagi bolalarning barchasi teng huquqga ega ekanliklarini 
his qilishiga asos bo’ladi. 
Bunday natijaga erishish uchun tarbiyachi hamda muassasa psixologi bolalar 
faoliyatini maqsadga muvofiq yo’naltirib borishi zarur.Guruhlardagi ayrim bolalarda 
jamoaga kirishib ketishning qiyin kechishi, ularda hadiksirash, o’ziga nisbatan 
ishonchsizlik , hissiy tushkunlik holatlariga alohida e’tibor qaratishlari zarur, buning 
uchun ular boladagi bunday holatning sababini aniqlashi , o’z kuchiga bo’lgan ishonchni 
ortishiga imkon berish ,kichik bo’lsa-da muvaffaqiyatni qo’llab –quvvatlash, 
muvaffaqiyatsizliklaridan ko’ra yutuqlarini e’tirof etish , birgalikdagi faoliyatlarda 
bunday bolaga bosh rollarni bajarishni topshirish , harakatlari natijasini ijobiy bo’lishiga 
ishonch bildirish muhim hisoblanadi. Shuningdek tarbiyachi tomonidan bolaning guruhli 
topshiriq natijalarini umumiy tarzda baholash bilan birga, bolaning shaxsiy ma’suliyatini 
ham rag’batlantirib borish zarur. Ya’ni guruh a’zolarinining muvaffaqiyatida har bir 
bolaning shaxsiy hissasi borligini e’tirof etib borish maqsadga muvofiq.Buning natijasida 
bola guruhli topshiriqlarda nomigagina emas, balki, astoydil ishtirok etishga bel bog’laydi 
va bola o’zini guruh jamoasining bir qismi deb hisoblay boshlaydi. Bu esa bolada 
guruhining muvaffaqiyatidan quvonish ,muvaffaqiyatsizligidan afsuslanish kabi ijtimoiy 
his-tuyg’ulari tarkib topishiga asos bo’ladi. 


19 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini bola shaxsiga 
yo’naltirishda pedagogik sharoitlarga e’tibor qilish zarur deb hisoblaymiz. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagogik jamoasida , bolalar 
jamoasida sog’lom psixologik muhitning ustuvorligiga e’tibor berish; 

Bolaning ijtimoiy tajribasi, individual psixologik va yosh xususiyatiga 
asoslanib yakka tartibda yondashishga ustuvorlik berish; 

Bolani ichki imkoniyati , jismoniy, ijodiy, intellektual salohiyatini ro’yobga 
chiqarishga imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish , rivojlantiruvchi markazlar 
faoliyatidan samarali foydalanishga erishish; 

Guruhdagi 
bolalarning 
pedagogik, 
psixologik 
jihatdanbir-birlariga 
moslashishga erishish orqali bolalar o’rtasidagi bir-biriga hayrixohlik, hamfikr bo’lish 
,o’zaro tushunish ,hamkorlik faoliyatini qo’llab –quvvatlash orqali bolalar jamoasining 
jipsligiga erishib borish. 

Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning hamkorlikdagi , guruhli ish usullaridan 
ko’proq foydalanishni yo’lga qo’yish,topshiriqlarni taqsimlashda bolaning fikrlariga 
tayanish; 
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jamoani bola shaxsiga yo’naltirilgan 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid yangi texnologiyalar bilan qurollantirish, 
“bolalarga do’stona munosabat “bo’yicha seminar treninglarni tizimli tashkil etibborish 
orqali pedagog tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini shakllantirishga erishish maqsadga 
muvofiq.

Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning 
muhim shartlaridan biri ular bilan ishlash chog’ida qo’llanilayotgan usul va tarbiya 
shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo’lishidir.Ta’lim-tarbiya 
jarayoni asosan didaktik o’yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarida 
o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar bilan an’anaviy maktab darsi shaklida also 
ishlab bo’lmaydi.Bolalar bog’chada ta’lim olishlari uchun bu jarayon ularning tabiiy 
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. MTT psixologining mashg’ulotidan maqsad 
bilim va ko’nikma bilan qurollantirish emas, balki , rivojlantirish ekanligini unutmasligi 
kerak. Psixologning rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki,ular yordamida 
bolaning turli tuman bilish jarayonlari va shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga ijobiy 
turtki beriladi, ular takomillashtiriladi. Psixolog ishining natijalari darhol namoyon 
bo’lmaydi .Shu tufayli ko’pincha tarbiyachi va ota-onalarning xafsalasi pir bo’lib ketadi 
.Shuning uchun ota-ona va bog’cha tarbiyachisi onggiga shuni yetkazish kerakki ,
psixologning ishi o’qitish emas ,balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz 
beradi.Shu sababli bolaning rivojlanish jarayoni sezilmay o’tadi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar bilan o’tkaziladigan rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o’yindir, chunki 
3
Макаренко А.С.О воспитании .// Золотойфондпедагогики


20 
o’yin bu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik rivojlanishi uchun qulay 
sharoit yaratadi .Ayni vaqtda bola o’yin davomida yangi bilimlarni egallab boradi.
4
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, bolani har tomonlama rivojlantirishda nafaqat 
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida bolani qo’llab –
quvvatlash, balki bolani oilada ota-ona, kattalar, tengdoshlari tomonidan tushunish va
qo’llab –quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tarbiyachi hamda 
muassasa psixologi o’zining ijtimoiy pedagogik faoliyatida ota-onalar bilan ishlash 
jarayonida ularning pedagogik psixologik savodxonligini oshirishga ,oiladagi sog’lom 
muhit va bola tarbiyasiga ma’suliyat bilan yondashish, bu sohada maktabgacha ta’lim 
tashkiloti bilan hamkorlikda ishlash bolani maktab ta’limiga muvaffaqiyatli 
tayyorlashning sharti ekanligini ota-onalarga yetkazish muhim sanaladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə