12-mavzu. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi, ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishi jihatidan tavsiflanishi

Yüklə 86,22 Kb.
səhifə4/4
tarix22.05.2023
ölçüsü86,22 Kb.
#112078
1   2   3   4
12-mavzu amaliy

Foydalanish uchun iboralar: ko‘z ochib yumguncha, anqoning urug‘i, mijja qoq-maslik, amri mahol, ammamning buzog‘i, oralaridan qil o‘tmaydigan, almisoqdan qolgan, tesha tegmagan, xamirdan qil sug‘urganday,bir cho‘qishda qochiradi.

175-mashq. Berilgan gaplardagi iborani topib, ma’nosini izohlang.

175-mashq. Berilgan gaplardagi iborani topib, ma’nosini izohlang.

1. Sen chuchvarani xom sanab yuribsan, uka. Do‘st bilan dushmanni ajratmaysan. (I. Rahim) 2. Peshonam sho‘r bo‘lmay o‘lsin, peshonam sho‘r bo‘lmasa, shu ammamning buzog‘iga tegamanmi? (“Yoshlik” jur­na­lidan) 3. Qani bittasi g‘ing deb ko‘rsinchi, gazetaga yozaman, – dedi u achchiqlanib. (X. To‘xtaboyev) 4. Bobom payvand qilar ekanlar: – Ko‘zing pishisin, o‘rganganing foyda, bolam! – deb qo‘yar edilar. (G‘ay­ratiy) 5. Kenja har yoqqa alanglab, boshpana ko‘zlashga tushdi. Dashtda bunday boshpana anqonong urug‘i. (H. Nazir) 6. Mol-dunyo hirsi va otalik muhabbati chol bechorani yo‘ldan urib, u o‘g‘lining gapiga kiribdi. (“Hiylagarning jazosi” ertagidan) 7. Shogird endi uning hunarini batafsil egallab olishga astoydil bel bog‘labdi. (Q. Hikmat) 8. Men yo‘lda karaxt bo‘lib qolgan ekanman, haliyam o‘zimga kelolmayapman, – deb qo‘ydi uchinchisi. (X. To‘xtaboyev) 9. Nimaga bu ishingni mendan yashirib yurganding, qizim? – deb so‘radi Habiba opa Shoiradan. Shoira o‘zini gunohkor sezib, churq etolmadi. (H. Nazir) 10. Bahrom pastga qaradi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. (S. Anorboyev) 11. Zulayho xola Mukar­ramani yer-ko‘kka ishonmaydi. (G‘. G‘ulom)

12. Bu yil saksonga to‘ladi, umr oqar daryo, ko‘z ochib yumguncha shu yoshga yetib keldi. (T. Hayit) 13. Ozod bilan Nosir hamqishloq emasmi, darhol til biriktirib sayrga chiqib ketishdi. (M. Xidir) 14. Qo‘ling el aro uzun bo‘lsa, sen o‘z fe’l-atvoringni ezgu tut. (Yusuf Xos Hojib)14. Kitob ko‘ngillarga ezgulik urug‘ini sepib, yashashdan saboq beradi. (H. Nazir)15. Yodgoringning ham tili chiqib qoldi: “dada-dada”ni og‘zidan qo‘ymaydi. (G‘. G‘ulom) .

16. Ola buzoq tug‘ilib oldi,

Og‘zimiz ham oqarib qoldi. (G‘. G‘ulom)

Yüklə 86,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə