11 Sinf geografiya fan olimpiadasi maktab bosqichi



Yüklə 314,78 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü314,78 Kb.
#140778
11 Sinf geografiya fan olimpiadasi maktab bosqichi


11 Sinf geografiya fan olimpiadasi maktab bosqichi
1. V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan?
A) regional, lokal va sayyoraviy B) sayyoraviy, regional, topologik
C) sayyoraviy, mintaqaviy, lokal D) tipologik, regional va lokal
2. Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida Hind okeani qanday nom bilan atalgan?
A) Eritreya dengizi va Hindiston dengizi B) Fors ko‘li va Qulzum dengizi
C) G‘arbiy okean va Hindiston dengizi D) Efiopiya okeani va Sharqiy dengiz
3. Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan?
A) Braziliya B) Rossiya C) Turkmaniston D) Xitoy
4. Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi?
A) 3 m B) 5 m C) 2 m D) 1 m
5. Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan?
A) Mirzacho‘l B) Farg‘ona C) Zarafshon D) Janubiy
6. Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas?
A) Turkiston tizmasi B) Bo‘kantov tizmasi C) Chotqol tizmasi D) Zarafshon tizmasi
7. Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha?
A) 55% va 70% B) 60% va 27% C) 43% va 31% D) 50% va 40%
8. Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan?
A) Qarnobcho‘l B) Bobotog‘ tizmasi C) Qizilqum cho‘li D) Qurama tizmasi
9. 22-dekabrda Quyosh qaysi nuqtada zenitda bo‘ladi?
A) shimoliy tropikda B) ekvatorda C) janubiy tropikda D) qutblarda
10. G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan?
A) Xitoy B) Eron C) Afg‘oniston D) Qirg‘iziston
11. Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat?
A) Turkiya B) Italiya C) Bolgariya D) Germaniya
12. Adiroldi qirlari landshaftning qaysi taksonomik birligiga mos keladi?
A) urochishe B) joy C) fatsiya D) rayon
13. Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi?
A) Shimoliy Tyanshan B) Xorazm tekisligi
C) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari D) To‘rg‘ay platosi
14. Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi?
A) Gvatemala B) Gonduras C) Meksika D) Nikaragua
15. Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi?
A) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy B) Qoronqulsoy, Glavasoy
C) Parkentsoy, Oqtoshsoy D) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy
16. Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb
ataladi?
A) suffoziya B) irrigatsiya eroziyasi C) deflyatsiya D) yuzalama eroziya
17. Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi?
A) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy B) To‘raqo‘rg‘on va Uychi
C) Namangan va Kosonsoy D) Pop va Chust
18. Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan?
A) Singapur B) Yaponiya C) Indoneziya D) Malayziya
19. Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan?
A) Bobotog‘ B) Klif-Sherobod C) Chaqchar D) Pistalitog‘
20. Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning
chuqurligini aniqlang.

A) 6000 m va 4500 m B) 6500 m va 8500 m C) 4500 m va 3000 m D) 6000 m va 9000 m
21. Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan?
A) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi
B) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi
C) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi
D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi
22. O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol
qilish mumkin?
A) Yuqori allyuvial terrasalarni B) Deltalarning o‘rta qismlarini
C) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini
D) Qirlar, adirlar va platolarni
23. Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu
paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi?
A) +11°C B) -11°C C) +9°C D) -9°C
24. Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va
dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar;
3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi.

A) tundra va o‘rmon tundra zonasida B) o‘rmon-dasht va dasht zonasida
C) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida D) subekvatorial o‘rmonlar zonasida
25. 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va
kilometr hisobida aniqlang.
26. Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi?
27. Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u
qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang.
28. Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi?

29. Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang.
30. Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan?

Yüklə 314,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə