11-mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja



Yüklə 56,08 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü56,08 Kb.
#129654
1   2   3   4   5
11-mavzu Din madaniyat fenomeni Reja

Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog’iga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo’lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o’rganadi. Ya’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko’rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti–harakatlarga bo’lgan ta’siri to’g’risida atroflicha to’xtaladi. Ruh–jasad aloqasi bilan atrof–madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o’rganuvchi diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko’rsatib beradi. SHu sababli Din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha o’rganib, o’ziga xos tipologiyalarni kashf qiladi; buyuk diniy shaxsiyatlarning ichki hayotlari bilan qiziqqan holda ularning ruhiy holatlari bilan shug’ullanadi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U shaxsda din tuyg’usi va hissining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini, ihtido (hidoyat topish) yoki inkor hodisalarini, dindan kelib chiqqan ruhiy keskinlik va shubhalarni tadqiq qiladi.
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan holda o’ziga taalluqli bo’lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qilinishida umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi.
Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, Din psixologiyasi kabi asosiy mavzusi “din” bo’lgan Din falsafasi, “din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo’l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. SHu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko’rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg’ul bo’lish emas, diniy hukmlarning mantig’i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog’liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko’rib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo’lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo’llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo’lgan bog’liqligini o’rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo’lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi–koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg’ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm–imon, ilm–din, din–madaniyat (din–san’at, din–til–adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi.
Din tarixining yuqorida ma’lum qilinganlar bilan yaqindan aloqasidan tashqari, u suyanuvchi bir qancha ilm turlari ham mavjud. Ularning ichida birinchilardan bo’lib tarix o’rin oladi. Tarix, makon va zamon tayin qilgan holda o’tmishdagi voqea–hodisalarni o’rganuvchi bir ilm turi bo’lishi bilan birga, moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan ko’makchi bo’ladi.
Diniy matnlarning o’rganilishi, tabiiy ravishda, tilga bog’liq. Demak, yana bir tomondan Dinlar tarixi suyanadigan ilm turi – bu filologiyadir. Bundan tashqari mifologiya (rivoyat va afsonalar), etnologiya, arxeologiya, san’at tarixi, folьklor va shunga o’xshash bir qancha ilm turlari borki, ulardan ham dinlar tarixi izlanishlarida bevosita foydalaniladi.
Dinning “funktsiya” va “rolь” tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bog’liq, lekin o’xshash emas. Funktsiya – bu dinning jamiyatdagi harakat usuli bo’lsa, rolь – bu funktsiyani bajarish natijalarining jami yig’indisidir. Dinning bir nechta funktsiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash–dezintegrallash, madaniyatni targ’ib qilish (kulьturotransliruyuщaya), legitimirallashtirish–legiti- miralni olib tashlash.
Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to’la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o’z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg’u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur–halovatga erishish uchun umid, azob– uqubat, baxtsizlik, yolg’izlik, tushkunlikdan ozod bo’lishni qo’llab–quvvatlaydi.
Kompensatorlik funktsiyasi ham odamlar ongining qayta shakllanishini, turmushning ob’ektiv shart– sharoitlarini o’zgartirishdagi cheklanish, qaram bo’lish va ojizlikni to’ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr–zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqli bo’ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr–ehsonlar, mehr–shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.k. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.
Kommunikativlik funktsiyasi muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo’lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o’zaro ta’sir ko’rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o’zaro bir–birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o’lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Regulyativlik funktsiyasi ma’lum bir g’oyalar, qadriyatlar, yo’l–yo’riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.k.), namunalar (taqlid uchun ko’psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag’batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o’limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega.
Integratsion–dezintegratsion funktsiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funktsiya ma’lum
bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq–atvorida bir–biriga muvofiq bo’lmagan g’oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir–biriga qarama–qarshi konfessiyalar paydo bo’lsa, dinning funktsiyasi dezintegratsion bo’ladi.
Madaniyatni targ’ib qilish funktsiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari – yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo’lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag’batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy-madaniy qadriyatlarni saqlash va ko’paytirish, ilmiy–ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
Legitimlashtirish–legitimlarni olib tashlash
funktsiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba’zi ko’rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo’lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq–atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko’malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan–avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo’l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Dinlarni o’rganishda ularning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shuningdek,bir–biriga ta’siri kabi jihatlarini e’tiborga olish kerak.
Dinshunoslar turli ilm–fan soha vakillari bo’lib, dinlarni o’zlari xos bo’lgan ilm yo’nalishi nuqtai nazaridan o’rganib, turlicha yondashganlar. SHuning uchun ular o’rtasida ba’zi tafovutlar bo’lishi tabiiy. Masalan, din tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga ko’ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo’lgan va tarqalgan mintaqalariga ko’ra tadqiq etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib o’rganganlar.
Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvning o’ziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinning ikkinchi dinga ta’siri va o’zaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarining o’zaro o’xshash jihatlari yoki farqli tomonlarini o’rganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar asosida tasnifga bo’lish mumkin:

  1. Qit’alarda tarqalishiga ko’ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. CHunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. SHuningdek, ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bo’lishi bilan birga, deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada asosan xristianlik ko’p tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada ko’proq tarqalgan. Osiyo qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik dinlari aralash tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo’lgan din boshqa qit’ada keng yoyilgan. Masalan, xristianlik Falastinda vujudga kelgan bo’lsa–da, asosan Osiyo qit’asidan tashqarida tarqaldi.

  2. Jo’g’rofiy mintaqasiga ko’ra SHarq dinlari va G’arb dinlari tarzida tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo’linishiga monand siyosiy va madaniy tafovutni aks ettiruvchi keng jo’g’rofiy tasnifdir. SHarq dinlariga hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq SHarq dinlari kiritiladi.

G’arb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida islom dinini G’arb yoki SHarq dini deb bo’lmaydi. U jo’g’rofiy jihatdan SHarqda yuzaga kelib, G’arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik xam aslida SHarq dinlari bo’lib, Yaqin SHarqda vujudga kelgan va G’arb mamlakatlarida keng yoyilgan.

  1. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko’ra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado’li dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi.

  2. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko’ra Falastin dinlari, Arabiston yarimoroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi.

Uzoq SHarq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko’ra aniq belgilash imkoni bo’lmagan ko’p hollarda jo’g’rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq SHarq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida umumlashtirib bo’lmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida jo’g’rofiy tasnifga murojat qilish mumkin. Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo’lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo’lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo’lmaydi. CHunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida
dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:

  • tarixiy–geografik jihatga ko’ra;

  • etnik jihatga ko’ra;

  • e’tiqod qiluvchilarining soniga ko’ra;

  • hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k.

Bugungi kunda dinshunoslikka bag’ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi tasnif keltiriladi:

    1. primitiv diniy tasavvurlar (urug’–qabila dinlari) – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;

    2. millat dinlari – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;

    3. jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.

Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik

  • yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo’linadi.




Yüklə 56,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə