11- mavzu: din madaniyat fenomeni reja


yil din sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 102,1 Kb.
səhifə14/15
tarix13.05.2023
ölçüsü102,1 Kb.
#110089
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
11 maruza

2018 yil din sohasida amalga oshirilgan islohotlar: 2018 yil 16 aprel - “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni qabul qilingan. 2018 yil 4 may - Oliy majlis qonunchilik palatasi kengashi va Senat kengashi”Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini monitoring qilish ishchi guruhi tasdiqlandi.2018 yil 30 iyun – “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2018 yil 31 may - Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.2018 yil 12 dekabr – BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi qabul qilindi.
2019 yil diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar: 2019 yil 4 sentabr Diniy – ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida. PQ-4436-sonli qarori qabul qilindi.
2020 yil diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishi: Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi ham O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi.Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi. Komissiya 28 aprel kuni e’lon qilgan hisobotida AQSh Davlat departamentiga O‘zbekistonni «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» ro‘yxatiga o‘tkazishni tavsiya etgan.Komissiya hisobotida O‘zbekiston 2019 yil davomida diniy sohada amalga oshirgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida ta’kidlab o‘tilgan. «O‘zbekiston hukumati diniy sohaga oid muammoli qonunlarni qayta ko‘rib chiqishi (hukumat shunday qilishni va’da qilgan) va hibsda ushlab turilganlar masalasini hal etishi zarurligicha qolayotganiga qaramay, USCIRF so‘nggi bir yilda kuzatilgan umidbaxsh o‘zgarishlarga asoslangan holda Davlat departamentiga O‘zbekistonni «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» ro‘yxatiga o‘tkazishni tavsiya qilmoqda», – deyiladi Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi hisobotida. Qayd etish kerak, AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan 2018 yil dekabrda chiqarib bo‘lgan. Biroq USCIRF 2019 yil aprelida Davlat departamentining bu qarorini ma’qullamagan, O‘zbekistonni «qora ro‘yxat»ga qaytarishni maslahat bergandi. Shunga qaramay, Komissiya tavsiyasi Davlat departamenti tomonidan inobatga olinmagan, AQSh tashqi siyosat idorasi 2019 yil dekabrida O‘zbekistonni «alohida kuzatuvdagi davlatlar» toifasida qoldirgan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasining yillik hisobotlarida 2005 yildan buyon «alohida xavotirga molik davlat» sifatida qayd etib kelingan.2020 yilgi hisobotda 15ta davlat "maxsus kuzatuv ostida" bo‘lishi kerakligi, 14ta davlatdagi diniy vaziyat esa "alohida xavotirga molik" ekani aytilgan.
2020 yilgi hisobotda O‘zbekiston bilan birga Qozog‘iston, Afg‘oniston va Ozarboyjon doxil jami 15ta mamlakat 
Yüklə 102,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə