10-Mavzu: Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash. Reja



Yüklə 17,59 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü17,59 Kb.
#148376
1   2   3
10-Mavzu (1)

Sof, tez bajariladigan mashklar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda kiyin bo’lib, kuch talab qiladigan mashqlar orqaligina muskul ko’zg’alishi tezligining oshishi amaliyotda isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa juda sodda xal qilinadi. Kuchni rivojlantirish tez harakat-lar sharoitida o’tishi lozim. Buning uchun dinamik zo’rikish uslubissh foydalanadilar: maksimal kuch bilan zo’riqish harakatni to’la amplitudada, eng yukori tezlikda, shug’ullanuvchi uchun me’yoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi.
Siklik harakatlar harakat chastotasini ifodalaydi. Qo’llarni maksimal harakati chastotasi oyoklarnikidan yuqori, oyoq qo’l bo’g’inlarining harakati chastotasi tananing boshqa a’zolari va boshqa bo’laklaridan yuqori darajada bo’lishi mumkin.
Harakat chastotasini o’lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi harakat chastotasi bir sekundda bajaradigan qadamlari sonini sanash orqali aniqlanadi.
Harakat chastotasi va shu bilan birga, siklli harakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan mashklarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasining boshlarida tor yo’nalishdagi mashqlar bilan tezlikni rivojlantirish sa.biy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija sprintda 1-1,5 sekundgina yaxshilanadi xolos. Boshlanishdaы umumjismoniy tayyorgarlikni oshirib tor yo’nalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. Yuqoridagi koidaga rioya kilish bilan cheklanib qolinsa, tor yo’nalishdagi tezlik uchun berilgan mashklar tezlik to’sig’ining (skorostnoy baryer) paydo bo’lishiga olib keladi. Ana shu tezlikka organizmda refleks vujudga keladi, bu esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Harakat chastotasi va harakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy - oshirib borish va o’zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlarni qo’llashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning oxirida va
yuguruvchiiing takroriy urinishlarida ham tezkorlik pasaymasligi kerak.
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda o’tadi, shuning uchun dam olish intervagi urinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o’rnatilishi) lozim. Ularning oralig’ini yengil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to’ldirish tavsiya etiladi.
Emosionallik va qo’zg’alishning yukori darajasi tezkorlik imkoniyatlarini namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Bunda o’yin va musobaka metodlari (bu metodlardan jismoniy tarbiya metodlari mavzusida tanishamiz) maqsadga muvofiqdir.
Agarda ishni tez bajarish charchash ko’zga tashlana boshlaganda bajarilsa, maksimal tezkorlik emas, tezkorlik chidamliligi rivojlanadi.
Shug’ullanuvchining yoshi va ularning individual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, o’g’il bolalarda esa 12-13 yosh hisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda takrorlayverish yoshlikdanoq "tezlikning to’sig’ini" vujudga keltiradi. Kichik maktab yoshidagilarda harakatli o’yinlar, o’rta va katta maktab yoshida sport o’yinlari, tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalanish foydaliroqdir.
Harakat reaksiyasining tezligi. Individning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi.
Harakat reaksiyasi ikki turga ajratiladi: sodda (oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan harakatlar orkali beriladigan javob.
Murakkabreaksiya - tanlay olish reaksiyasidir. Oldindan belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha harakatdan kelishib olinganini bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan obyekt.ga nisbatan reaksiya ko’pincha o’yinlarda, asosan sport o’yinlarida, sport yakka kurashida masalan, o’yinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan to’pni kabul kilib olish uchun chikishi. Murakkab harakat reaksiyasining davom etish vaqti sodsasidan — oddiy reaksiyadan birmuncha uzunroq bo’ladi.

Yüklə 17,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə