10-mavzu. Moliyaviy bozorlar Reja



Yüklə 57,62 Kb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü57,62 Kb.
#141715
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu IK

Fond birjasi nima?


Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar haridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
Misol uchun: dunyodagi yetakchi fond birjalariga NYSE, NASDAQ, LSE va boshqalar kiradi.
Muhim faktlar: Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng ko‘hna birja sanaladi. Birja 1602 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu yili tarixdagi ilk aksiyadorlik kompaniyasi – Gollandiyaning Ost-Ind kompaniyasi tashkil etilgan.
«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan.
Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni jismoniy va yuridik shaxslar – investorlar harid qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi  – qimmatli qog‘ozlarni saqlash, yuritish, harakatini hisobga olish yagona tizimini ta’minlaydigan hamda boshqa turdosh xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1999 yi 21 maydagi 263-sonli «Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uing faoliyati masalalari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz amalga oshiradi).

Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi?


Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda, ya’ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. O‘zbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari (investitsiya maslahatchilari, brokerlar, dilerlar, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.

Aksiyalar kotirovkasi nima?


Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 57,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə