10. Mavzu: Jamoa tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari Reja



Yüklə 41,47 Kb.
səhifə5/15
tarix25.12.2023
ölçüsü41,47 Kb.
#161337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-mavzu ma\'ruza

Tarbiya qoidalari tavsifi
Tarbiya qoidasi- pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir.Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari SHarq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil harakterga ega bo‘lib, u tarbiyaning o‘ziga xos hususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu tamoyillarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, metodlari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.
Tarbiyaning mohiyati, mazmuni, qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy munosabat sharoitlarining o‘zgarganligi sababli kengayib bormoqda.
Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, metodlarni, g‘oyalarni qaytadan ko‘rib chiqishimiz, bola shaxsiga e’tiborni qaratishimiz, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanishimiz zarur.
Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratiya, hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqligi, tarbiyada ilmiy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy hususiyatlarini hisobga olish, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi qoidalari va boshqalar.
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi
Tarbiyaning asosiy maqsadi, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. SHunga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va metodlari shu maqsadga erishishni ko‘zda tutadi.
Umumiy ta’lim maktabining asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg‘uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat. SHuningdek, o‘quvchilarda milliy g‘urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko‘pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa ko‘pincha o‘quvchilar jamoasini aqliy va axloqiy o‘sishini ta’minlaydi.
Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. YAxshi bir maqsad izhor qilingan bo‘lsada, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun hech qanday ish qilinmagan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun aniq ravshan maqsadni amalga oshirishga harakat qilish lozim.
SHaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyani umumiy maqsadlari bilan ko‘nikishni, uni rejali tarzda va qat’iy sur’atda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi. YOshlarda jamiyatimiz g‘oyalarining kuchiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o‘z hissalarini qo‘shishga, ijtimoiy-foydali mehnatda bevosita ishtirok etishga intilishni rag‘batlantirish juda muhimdir.
Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi.
Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o‘ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga buysindirilgan bo‘lsa, uning g‘oyaviy-siyosiy darajasini ko‘taradi, tanlangan metod va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta’siri yuqori bo‘ladi.

Yüklə 41,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə