10-mavzu. Davlat suv kadastrini yuritishninig mazmuni



Yüklə 20,2 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü20,2 Kb.
#139647
  1   2
10-mavzu. Davlat suv kadastrini yuritishninig mazmuni.


10-mavzu. Davlat suv kadastrini yuritishninig mazmuni.
Davlat suv kadastri suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish, xo‘jalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida yaratiladi.
Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, Shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi tartibga solingan, doimiy to‘ldirib boriladigan va zarurat bo‘lganda aniqlashtiriladigan ma’lumotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Yer usti va yer osti suv obyektlari va ularning resurslari Davlat suv kadastrining obyektlari hisoblanadi.
Kadastrni predmeti bo‘lib, tabiiy suv resurslari, ulardan miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanish har tomonlama o‘rganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
Suv resurslarini baholash deganda bir yil hamda ko‘p yillar davomida standart gidrometrik asboblar bilan o‘lchash orqali ularni miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha muntazam hisobga olish, olingan ma’lumotlarning ishonchliligi tahlili, ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari bo‘yicha umumlashtirish tuShuniladi.
Davlat suv kadastri davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, Shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Kam harajatlar bilan zamonaviy darajada axborotlarni to‘plash, umumlashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yo‘li bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlash Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: respublikaning barcha suv obyektlarini qamrab olish; suv resurslarini va ulardan foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini qo‘llash; boshlang‘ich kadastr axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini hisobga olish; Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarga markazlashtirilgan tartibda rahbarlik qilish; suv-kadastr axborotining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatlarga asoslanganligi; Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarning uzluksizligi; kadastrni yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyat ko‘rsatishi; suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarning tejamliligi. Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda majburiy yuridik kuchga egadir.
Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi - yer usti suvlari bo‘limi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - yer osti suvlari bo‘limi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi - suvdan foydalanish bo‘limi bo‘yicha.
Respublika hududida suv obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, suv resurslari, ularning rejimi, foydalanish, Shuningdek suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi miqdor va sifat baho ko‘rsatkichlari haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi.
Davlat suv kadastri ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanadi: suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda; mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda; suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo‘jaligi balanslarini tuzishda; suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan suv xo‘jaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirishda; gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati o‘zgarishlarini prognozlashda; suv xo‘jaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda; suvni iste’mol qilish va chiqarib yuborishni, Shuningdek, suv sifati ko‘rsatkichlarini normalashtirishda; suvning zararli ta’sirining oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishda; suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda; suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi, Shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishda; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishda.
Davlat suv kadastri suv va suv xo‘jaligi obyektlarining quyidagi turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
1. Suv obyektlari -daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sug‘orishga xizmat qiluvchi kanallar; ko‘llar va suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar).
2. Suv xo‘jaligi obyektlari (inshootlari) - gidrouzellar va suv omborlari; suv obyektlaridan suv olishga mo‘ljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to‘planadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari. Davlat suv kadastri ma’lumotlari quyidagilarga bo‘linadi: arxiv materiallari (daftarchalar, jadvallar, o‘zi yozadigan texnikaning lentalari va boshqalar); uzoq muddatli texnik manbalardagi ma’lumotlar; e’lon qilinadigan materiallar (suv va suv xo‘jaligi obyektlari kataloglari, har yilgi va ko‘p yillik ma’lumotlar va boshqalar).
Davlat suv kadastri ma’lumotlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi "O‘zgidromet" markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Suv kadastri ma’lumotlari tarkibi" nomli normativ-texnik hujjat bilan belgilanadi. Bu ma’lumotlar foydalanuvchilarga pulli nashrlar tarzida va so‘rov bo‘yicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi.
Kadastrning chop etilayotgan nashrlari, so‘rov bo‘yicha foydalanuvchilarga beriladigan ma’lumotlar turlari berish tartibi to‘g‘risida "O‘zgidromet" markazi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda "Suv kadastri axborotnomasi" nashr etiladi. Suv obyektlari turlariga hamda suvni va undan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha vazifalar taqsimotiga muvofiq Davlat suv kadastri quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi: Yer usti suvlari, Yer osti suvlari, suvdan foydalanish.
Suv obyektlari sonini va holatini hisobga olish obyektlarning hajmi, holati, o‘rganilganlik darajasi va muhimligiga qarab kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya usullari bilan amalga oshiriladi. Suv obyektlari rejimini o‘rganish tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda "O‘zgidromet" markazi bilan kelishilgan standart usullar bo‘yicha standart asboblar vositasida olib boriladi.

Yüklə 20,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə