10-Ma’ruza: Ventilyatsiya tizimining tasnifi. Ventilyatsiya turlari. Reja



Yüklə 4,37 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü4,37 Kb.
#116385
10-Ma’ruza Ventilyatsiya tizimining tasnifi. Ventilyatsiya turl-fayllar.org


10-Ma’ruza: Ventilyatsiya tizimining tasnifi. Ventilyatsiya turlari

10-Ma’ruza: Ventilyatsiya tizimining tasnifi. Ventilyatsiya turlari.

Reja.


  • Ventilyatsiya turlari

  • Binolar uchun ventilyatsiya tizimi tanlashning asosiy omillari.

Ventilyatsiya deganda binolarni toza havo bilan ta’minlash, havo almashtirish va talab qilinadigan havo muhitini yaratish tizimlari tushuniladi. Ventilyatsiya orqali xonalardan gazlar va zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari, issiqlik chiqarib yuboriladi va tashqaridan toza havo beriladi. Ventilyatsiya tizimlari quyidagi asosiy konstruktiv belgilari va parametrlari bo‘yicha tasniflanadi:


1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra – oqib kelish (pritochnыe) va so‘rib chiqarish (vыtyajnыe) turlarga bo‘linadi.
Oqib kelish tizimlar deb, xonalarga toza havo uzatadigan ventilyatsiya tizimlariga aytiladi. So‘rib chiqarish tizimlari esa xonalardan ifloslangan havoni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
2. Xonaga oqib keluvchi va xonadan so‘rib chiqarib yuboriladigan havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra – tabiiy (tashkil etilgan va tashkil etilmagan) va mexanik (sun’iy) ventilyatsiyaga bo‘linadi.

1 - rasm. Binolarning tabiiy ventilyatsiyasi a – tashkil etilgan tabiiy ventilyatsiya – aeratsiya; b – havo berilishi tashkillashtirilmagan, havoni chiqarib yuborilishi – kanalli so‘rma ventilyatsiya; 1 – vertikal kanalli; 2 – havo chetlashtirish quvuri; 3 – deflektor; 4 – so‘rma shaxta; 5 – panjarali tirqish

2 - rasm. Ventilyatsiya tizimlarining sxemalari a – umumiy havo almashinuvi ventilyatsiyasi; b – mahalliy ventilyatsiya; v – aralash ventilyatsiya; 1 – so‘rma zont; 2 – havo dushi; 3 – zararliklarni chiqarib tashlash uchun ventilator; 4 – toza havoni uzatish uchun ventilator; 5 – kalorifer; 6 – to‘sqichli panjara.

Ventilyatsiya turlari


  • Aralash ventilyatsiya tizimlari asosan sanoat ishlab chiqarish xonalarida ishlatiladi, ular mahalliy va umumiy havo almashinuvli tizimlarni o‘z ichiga oladilar.

  • Avariyali ventilyatsiya tizimlari faqat to‘satdan ko‘p miqdorda zararli moddalar bug‘lari va gazlar ajrab chiqish mumkin bo‘lgan xonalarda ishlatiladi. Bu uskunalar tezda zararli moddalar bug‘larini va gazlarni chiqarib yuborish kerak bo‘lgan paytda ishga tushuriladi.

  • Tutunga qarshi ventilyatsiya yong‘inni boshlang‘ich bosqichida odamlarni xonalardan evakuatsiya qilishini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Ventilyatsiyani tashkil qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


  • Mahalliy so‘rib chiqarish ventilyatsiyasi zararli moddalarni chiqayotgan joyida lokalizatsiya qilib, xonaga tarqalishni oldini olish kerak;

  • Oqib keluvchi havoni odamlar nafas oladigan zonalariga ( xizmat etish zonalari) tarqatish, bunda havo toza bo‘lib, uning harorati va harakat tezligi sanitar talablarga javob berishi kerak.

  • Umum almashuv ventilyatsiyasi zararli moddalarning konsentratsiyasini pasaytirib, xizmat zonalarida havoni haroratini, nisbiy namligini, tezligini, ruxsat etilgan qiymatlarini ta’minlash kerak;

  • Oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi havolarning hajmlari zararli moddalar ajralib chiquvchi xonalardan boshqa xonalrga havoni oqib o‘tishiga to‘siq bo‘lishi uchun yetarli bo‘lishi lozim.

Nazorat savollari


  • Havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra ventilyatsiya tizimlari qanday bo‘linadi?

  • Nimaning ta’sirida tashkil etilmagan tabiiy ventilyatsiya ro‘y beradi?

  • Nimaning ta’sirida tashkil etilgan tabiiy ventilyatsiya ro‘y beradi?

  • Sun’iy ventilyatsiya tizimlarida havoni nima yordamida harakatga keltirish mumkin?

  • Xonalarda havo almashinuvini tashkil etilishiga ko‘ra ventilyatsiya tizimlari qaysi turlarga bo‘linadi?

  • Umumiy, mahalliy, aralashgan, avariyali tutunga qarshi ventilyatsiya tizimlari qanday vaziyatda ishlatiladi?


http://fayllar.org
Yüklə 4,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə